OTMga kirish imtiyoziga ega sportchilar uchun hujjatlarni topshirish jarayoni boshlanmoqda
Hujjatlar 25 apreldan 15 mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida masofaviy elektron shaklda qabul qilinadi
Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va ParaOsiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) imtiyozli o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtiyozga ega sportchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor sportchi-o‘quvchilarning hujjatlari joriy yil 25 apreldan 15 mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida masofaviy elektron shaklda qabul qilinadi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tashkil etilgan bo‘lib, g‘olib va sovrindor sportchi-o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar joriy yilning 20 mayiga qadar Maxsus komissiyaga elektron shaklda taqdim etiladi.
G‘olib va sovrindor sportchi-o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, joriy yilning 15 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati quyidagicha:
1. Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlarining imtiyozga ega sportchiga 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasasiga kirish bo‘yicha tavsiyanoma;
2. Imtiyozga ega sportchining Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasasiga kirish to‘g‘risida yozgan arizasi (zaxira sifatida qo‘shimcha yana 2 ta oliy ta'lim muassasasi (tibbiyot va harbiy oliy ta'lim muassasalaridan tashqari) hamda oliy ta'lim muassasalarining ta'lim yo‘nalishi, shifri, ta'lim shakli va tili aniq ko‘rsatilishi shart);
3. Musobaqa diplomi;
4. Musobaqa buyrug‘i nusxasi;
5. Musobaqa nizomi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga to‘g‘ri);
6. Musobaqa bayonnomasi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga to‘g‘ri);
7. Imtiyozga ega sportchining pasporti nusxasi;
8. Imtiyozga ega sportchining reyting daftarchasi nusxasi;
9. Imtiyozga ega sportchi tamomlayotgan ta'lim muassasasidan ma'lumotnoma;
10. 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
11. Viloyat musobaqasi bayonnomasi nusxasi (Respublika musobaqalarida ishtirok etganlar uchun).
Mavzuga oid
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
14:53 / 06.09.2024