Özbekistonda propiska tizimi tubdan isloh qilinadi. Xususan, 1 apreldan Toşkent şahri va viloyatida köçmas mulkka ega bölişda fuqarodan doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş talab etilmaydi, poytaxtda röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 15 kunga uzaytiriladi. Ruxsat beriş xususiyatiga ega bölgan doimiy propiska qiliş tizimidan bosqiçma-bosqiç xabar beriş xususiyatidagi röyxatdan ötkaziş tizimiga ötiladi. Şuningdek, yagona «Manzil» avtomatlaştirilgan axborot tizimi yölga qöyiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida hukumat 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilişni nazarda tutuvçi takliflarni işlab çiqişi lozimligini ta'kidlagandi.
«Asosiy işçi kuçi yaşaydigan va iş örinlari yaratilayotgan hududlarimiz örtasida tafovut mavjud. Buning yeçimi – içki migratsiyani erkinlaştirişdir. Şu bois parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qiliş böyiça xalqaro tajribani örganib, aniq takliflarni işlab çiqişi lozim», degandi prezident.
3 mart kuni prezidentning «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisidagi farmoni e'lon qilindi. Unda 1 apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk olişda Özbekiston fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligini közda tutuvçi tartib joriy etilişi ma'lum bölgandi.
Aprel oyi boşida propiska tizimini isloh qilişga doir Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda Vazirlar mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqildi. Loyihalar yuzasidan muhokamalar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan e'lon qilindi.
22 aprel kuni Özbekiston prezidentining «Doimiy propiska qiliş hamda turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.
Quyida prezident farmonida közda tutilgan asosiy özgarişlar keltiriladi:
«doimiy propiska qiliş» va «turgan joyi böyiça hisobga oliş» tuşunçalari «doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş» hamda «vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş» tuşunçalariga özgartirilmoqda;
Mavzuga oid
Toşkentdan uy sotib oliş uçun propiska talab qilinmaydi -
propiskasiz ham ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat
beriladi;
propiskasiz fuqarolar mulk olganda tölaydigan davlat bojlari stavkasi bekor qilinadi - şu vaqtgaça Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toşkent şahridan uy sotib olinganda olganda undiriladigan oşirilgan qiymatdagi davlat boji mulkning 5 foiziga teng edi;
Propiska huquqiga ega taşkilot va idoralarning tavsiyasi bilan propiskaga ega bölgan xodimlar öşa idora va taşkilotdagi lavozimidan ketgan taqdirda ham «propiska»si bekor bölmaydi - iş joyidan doimiy röyxatga olinganlar işdan ketgandan keyin ham propiskasini yöqotmaydi;
Er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yaşaş şarti va bir yil içida nikoh bekor qilinganda propiska yöqotilişi haqidagi qoidalar çiqarib taşlanadi - propiska oliş uçun er (xotin) nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yaşaşiga doir talab bekor böladi (qonun loyihasi kiritilmoqda);
Toşkent şahri va viloyatida doimiy röyxatda turgan fuqarolar ma'lum muddat boşqa hududda yaşab, Toşkent şahri va viloyatga qaytib kelganda heç qanday qöşimça şartlarsiz qayta doimiy röyxatga olinişi mumkin böladi (qonun loyihasi kiritilmoqda);
Toşkentda joylaşgan davlat taşkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat körsatuvçi va işlab çiqariş xodimlaridan taşqari) mazkur hududlarda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinadigan böladi;
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) şaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga turiş imkoniyatiga ega böladi (qonun loyihasi kiritilmoqda);
birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlarni nafaqat özi doimiy röyxatda bölgan manzilga, balki egaligidagi boşqa uy-joyga ham doimiy röyxatga qöyiş huquqi beriladi;
1 sentyabrdan boşlab Toşkentda doimiy va vaqtinça röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 10 kundan15 kunga özgartiriladi;
pasport, uy daftari yoki xonadon kartoçkasiga propiska uçun ştamp bosiş amaliyotidan voz keçiladi va bu raqamlaştiriladi;
2020 yil 1 sentyabrdan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab esa, Qoraqalpoğiston Respublikasi va boşqa viloyatlarda ham «Yagona darça» tamoyili asosida DXA bölimlari tomonidan propiskaga qöyiş tizimi joriy etiladi;
Röyxatga oliş fuqaroning xohişiga köra içki işlar organlari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bir kun içida amalga oşiriladi.
doimiy röyxatga olişni rasmiylaştirişda avvalgi yaşaş joyidan mustaqil röyxatdan çiqiş tartibi hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy röyxatga turişdan oldin va keyin harbiy hisob uçun mudofaa bölimlariga boriş tartibi bekor qilinadi;
Yangi tuğilgan çaqaloqlar FHDYo organining özida tuğiliş haqidagi guvohnoma beriş jarayonida otasi yoki onasining yaşaş manzili böyiça doimiy propiska ega böladi;
soliq idoralarida hisobga olingan ijara şartnomasi taqdim etilganda vaqtinça röyxatga olinişda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi;
Uy-joy sotib olmagan fuqarolar notarial idoralarga murojaat qilganda ulardan propiska talab qilinmaydi;
röyxatga oliş tartibini buzganlik Özbekiston fuqarolarini tegişli hudud va manzildan çiqarib yuboriş uçun asos bölib hisoblanmaydi.
Farmondagi vazifalar ijrosi borasidagi qonun loyihasi yaqin kunlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.
Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda «Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisida»gi Nizomni tasdiqlaş vazifasi yuklatilgan.
Mazkur nizom tasdiqlangandan söng Prezident Farmonida belgilangan yangi tartibotlar rasmiylaştirilişi boşlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi