O‘zbekiston | 16:30 / 25.04.2020
42184
2 daqiqa o‘qiladi

Korxona xodimlariga moddiy yordam berish miqdori oshiriladi –  Moliya vaziri o‘rinbosari

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Kun.uz'ga bergan intervyusida korxona rahbariyati xodimlariga soliqqa tortilmaydigan moddiy yordam berish miqdori oshirilishi haqida ma'lumot berdi. 

Dilshod Sultonovning ta'kidlashicha, inqiroz davrida xayriya ishlariga bosh qo‘shmoqchi bo‘lgan tadbirkor va saxovatpesha insonlarni, birinchi galda, bir savol o‘ylantiradi: xayriya ishi tashkil etish bilan qanday soliq majburiyati paydo bo‘ladi? 

Ushbu masalaga batafsil to‘xtalgan Sultonovning aytishicha, xayriya mablag‘larini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, korxona o‘z xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatish imkoniyati ham oshadi. 

«Bugungi kunda tadbirkorlar o‘z xodimlariga 2 mln. 800 ming so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini beg‘araz moddiy yordam sifatida berishlari mumkin. Bunda hech qanday daromad yoki ijtimoiy soliqqa tortilmaydi. Endilikda bu mablag‘ni 5 mln. so‘mgacha oshiruvchi taklif ishlab chiqmoqdamiz», –  dedi u.

Intervyuni Youtube orqali to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin. 

Alisher Ro‘zioxunov suhbatlashdi

Алишер Рўзиохунов
Tayyorlagan Алишер Рўзиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid