Film pandemiya tufayli boşqa muammolarga çalğigan insonlar e'tiborini iqlim özgarişi muammolariga qaratiş uçun tayyorlangan.
Jahon iqtisodiy forumi filmga Greta Tunbergning 2019 yilgi Davos forumidagi nutqini qöşdi.
«– Uyimiz olov içida. Va men şu yerda turib, uyimiz yonayotganini aytyapman. Iqlim özgarişi muammosini hal qiliş – insoniyat yuz tutgan eng muhim va eng qiyin muammo.
Kattalar yoş avlodga umid berişayotganini aytişmoqda. Biroq menga sizning umidingiz kerak emas. Men umidvor bölişni emas, sizning ham xavotir olişingizni xohlayman. Men özim har kuni his qilayotgan qörquvni siz ham his qilişingizni xohlayman.
Va harakat qilişingizni xohlayman. Özingizni xuddi inqirozdan çiqiş uçun harakat qilganday tutişingizni istayman. Uyingiz olov içida qolgandek harakat qilişingizni xohlayman», – deya Davosda nutq sözlagan Gretaning mazkur murojaati filmga qöşilgan.
Xalqaro Yer kunida 17 yoşli Greta Tunberg barqaror taraqqiyot masalalari böyiça xalqaro darajada tan olingan professor Johan Rokstrum bilan onlayn tarzda suhbatlaşgan.
The Guardian naşrining yozişiça, bu suhbatda Greta koronavirus pandemiyasidan söng odamlar «yangi yöl»dan yurişi kerakligini aytib, özi avvalroq aytganidek, jamiyat barqaror emasligini ta'kidlagan.
Şvetsariyalik yoş iqlim faolining sözlariga köra, COVID-19`ga nisbatan global miqyosda körsatilayotgan reaksiya agar odamzod birlaşsa va olimlarning söziga kirsa, özgarişlar qanday tez sodir bölişini körsatib berdi.
Greta iqlim özgarişi muammolariga ham xuddi mana şunday prinsipda kuraşilişi kerak, deb hisoblaydi.
«Biz xohlaymizmi yoki yöq, yaşab turgan dunyomiz bundan atigi bir neça oy oldingidan ham farq qiladi. Balki endi heç qaçon oldingiday bölmasligi ham mumkin. Şuning uçun biz özimizga yangi yöl tanlaşimiz kerak.
Agar kiçik bir virus bir neça haftada iqtisodiyotlarimizni izdan çiqarib yuborgan ekan, demak, bu bizning uzoq kelajakka doir xavflarni hisobga olmasligimizni körsatadi», – deydi Greta Yer kunining 50 yillik yubileyidagi onlayn muloqotda.
Uning suhbatdoşi, yer sistemasi böyiça olim – Postdam universiteti direktori Johan Rokstrumning fikriga qaraganda, pandemiya va ekologik inqiroz örtasida kuçli boğliqlik bor.
Masalan, örmonlar kesilişi va yovvoyi hayvonlar savdosi viruslarning tur çegarasidan çiqib ketişi ehtimolini kuçaytirgan, havo ifloslanişi esa nafas respiratorlarining kuçsizlaşiga, oqibatda esa, insoniyatning zaiflaşişiga sabab bölgan. Havo yöllari orqali sayohatga keng miqyosda ruxsat berilişi esa virusning tezroq tarqalişiga yöl oçib bergan.
«Ilmiy faktlar bularning bir narsa ekanligini va bir xil inqiroz qismlari ekanligini körsatdi», – deydi Johan.
Ikkala ekolog – Johan Rokstrum va Greta Tunberg ham pandemiyadan dars olgan hukumatlar olimlarning sözlariga köproq quloq solişlari kerak, deb hisoblaydi.
Eslatib ötamiz, şvetsiyalik 17 yaşar ekologiya faoli Greta Tunberg 2019 yilda Time jurnali tomonidan jahonda «Yil odami» sifatida tan olingan edi. Bundan taşqari, şvetsiyalik qiz Time jurnali tuzgan 1920 yildan keyingi davrda tarix silsilasiga sezilarli ta'sir körsatgan 100 nafar xotin-qizlar röyxatiga ham kiritilgandi.











