Stokholm sudi Greta Tunbergni mart oyida Şvetsiya parlamentiga asosiy kiriş yölini ikki marta tösib qöygani uçun 6000 şved kronasi (taxminan 512 yevro) miqdorida jarimaga tortdi. Jarimaning özidan taşqari, 21 yoşli atrof-muhit faoli yetkazilgan zarar uçun tovon sifatida 85 yevro tölaşga majbur böladi. Bu haqda 8 may, çorşanba kuni AFP xabar berdi.
Politsiya ikki marta, 12 va 14 mart kunlari Tunberg va uning «Kelajak uçun juma» (Fridays For Future) harakatidan bölgan bir qança tarafdorlarini Şvetsiya parlamentining kiriş eşigidan uzoqlaştirişga majbur böldi, ular eşik oldida ötirib olgan edi. Sud jarayonida faol politsiyaga böysunmasligini davom etayotgan iqlimdagi favqulodda vaziyat bilan izohladi, unda «barça harakat qilişi kerak».
«Qonunlar odamlar va sayyorani emas, toğ-kon kompaniyalarini himoya qiladi», dedi qiz sud binosidan çiqib ketayotib.
Tunberg vatanida bundan oldin ham jarimaga tortilgan
Greta Tunberg avvalroq Şvetsiyada şu kabi namoyişlarda qatnaşgani uçun ikki marta jarimaga tortilgan edi. U öz vatanidan taşqarida ham namoyişlar taşkil qiladi. 6 aprel kuni u Haagadagi norozilik namoyişida qölga olingandi, aksiya Extinction Rebellion (XR) harakati tomonidan taşkil etilgan va Niderlandiya hukumati tomonidan uglevodorodlarni qazib oliş uçun subsidiyalar ajratilişiga qarşi qaratilgan. Öşanda faollar Haagani mamlakatning boşqa yirik şaharlari bilan boğlaydigan A12 avtomagistralini tösib qöyişga harakat qilib kördi.
2 fevral kuni London sudi 2023 yilda Britaniya poytaxtida jamoat tartibini buzganlikda ayblangan Tunbergni oqladi. Öşanda şved faoli va uning tarafdorlari Energy Intelligence Forum konferensiyasi yaqinidagi namoyişda uşlandi. Ular norozilikni rasmiylar bilan kelişilgan joyga köçirişdan boş tortdi. Biroq sud Britaniya politsiyasining talablarini noqonuniy va aniq şakllantirilmagan deb topdi.

















