Şvetsiya politsiyasi taniqli iqlim faoli Greta Tunberg va «Kelajak uçun juma» iqlim harakatining boşqa a’zolarini Stokholmdagi mamlakat parlamentidan olib ketdi. Mahalliy matbuotning 12 mart, seşanba kuni xabar berişiça, ikki politsiyaçi 21 yoşli Tunbergni u tösib turgan bino kiriş eşigidan taxminan 20 metr nariga sudrab ketgan. 

Keyin Tunbergni politsiya maşinasida olib ketildi. TT xabariga köra, bir neça kişi qisqaça söroq qilingan. Stokholm politsiyasining aytişiça, faollar parlament binosi oldida namoyiş ötkaziş huquqiga ega bölsa-da, beş-önga yaqin namoyişçi kirişni tösib qöygani uçun çetlaştirilgan.

Parlament binosi oldidagi aksiya bilan asosan yoş faollar jamoatçilik e’tiborini iqlim özgarişi va ötkir ijtimoiy inqiroz oqibatlariga qaratişga harakat qildi.