Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada joylashgan Yevropaning eng yirik avtomarkazlaridan biri kasalxonaga aylantiriladi
27 aprel kuni Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev «Patriot» parki va «Krokus Siti Xoll» konsert zalining har birida 1,5 ming bemorga mo‘ljallangan kasalxonalar tashkil etilishini ma'lum qildi.
Moskvaning Kashirskoye shossesidagi «Moskva» avtomobillar savdo markazi maydonini ijaraga oluvchilardan u yerni bo‘shatishni so‘rashdi. Bu haqda RBKga avtosalonlar maydonlarini ijaraga oluvchilarning xodimlari ma'lum qildi. Qayd etilishicha, «Moskva» avtomarkazini koronavirusga chalinganlarni davolash uchun kasalxonaga aylantirish rejalashtirilgan.
Xodimlardan birining aytishicha, ma'muriyat avtomarkaz 1 avgustgacha kasalxona vazifasini o‘tashini ma'lum qilgan.
«Moskva» avtomobillar savdo markazi Yevropadagi eng yirik avtomarkazlardan biridir. Bu yerda yangi va minilgan mashinalar sotiladi. Majmuaning umumiy maydoni 110 ming kv. metrni tashkil etadi. Bu yerda 200dan ortiq avtosalon, 500ta avtomobillar ehtiyot qismlari do‘koni joylashgan.
27 aprel kuni Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev «Patriot» parki va «Krokus Siti Xoll» konsert zalining har birida 1,5 ming bemorga mo‘ljallangan kasalxonalar tashkil etilishini ma'lum qildi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 93,5 mingdan oshgan, bemorlarning 48 mingdan ortig‘i Moskvada aniqlangan. Mamlakat bo‘yicha 867 kishi vafot etgan (Moskvada 479 kishi).
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026