O‘zbekiston | 20:08 / 29.04.2020
23677
2 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda 104 bemor tuzaldi va sog‘ayganlarning jami soni 1100ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida yana 30 nafar bemorga javob berilgani, bugun kun davomida jami 104 bemor sog‘aygani va tuzalganlarning jami soni 1096 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 17 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan esa 13 nafar, jami 30 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Ta'kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 320 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 350 nafarga yetib, yurtimizda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega hudud bo‘lib turibdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 104 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1096 nafarga yetdi va davolanayotganlarga nisbatan sezilarli darajada oshib ketdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 1969 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, ayni paytda jami 865 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 