Eron prezidenti xalqni koronavirusdan qo‘rqmaslikka chaqirdi
Eron xalqi koronavirusdan qo‘rqmasligi, biroq shu bilan birga ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy aytib o‘tdi.
“Haddan tashqari ko‘rquv, haddan tashqari xavotir, haddan tashqari bezovtalik koronavirusdan yomonroqdir, ular odamlar hayotini barbod qilishi va ulardan xotirjamlikni tortib olishi mumkin”, deyilgan Ruhoniy bayonotida.
“Biroq shu bilan birga biz yengiltak bo‘lmasligimiz kerak, ya'ni ortiqcha xavotir va bezovtalik bo‘lmasligi, biroq zarur ehtiyotkorlikni namoyon qilish lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Eron prezidenti.
Eronda oxirgi kun ichida koronavirusdan 71 kishi vafot etdi. Bu avvalgi kunlardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 20 taga kamroqdir. Bundan tashqari, 1112 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.
Eronda ikki haftadan beri koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim holatlari bir kun ichida 100 tadan kamroqni tashkil qilmoqda.
O‘tgan hafta mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilina boshlandi – do‘konlar, bog‘lar va bozorlar ochilgan, shaharlararo avtomobil yo‘llarida harakatlanish tiklangan.
Ayni vaqtda Eronda koronavirusdan kasallanganlar soni 92 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 5887 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024