Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: Turkiya IIV mamlakat bo‘ylab xalqaro yuk tashishga qo‘shimcha talablar qo‘ydi
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi axborot bilan chiqdi.

Foto: Getty Images
O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab xalqaro yuk tashishga qo‘shimcha talablar qo‘ydi.
Agar haydovchining sog‘lig‘ini tekshirish paytida kasallik belgilari aniqlansa, xorijiy haydovchilarning Turkiyaga kirishiga ruxsat berilmaydi, Turkiya fuqarolari esa karantinga olinadi.
Kasallik belgilari bo‘lmasa:
Turkiya hududi orqali tranzit tashishda transport vositalari kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlanadi, chegara darvozasigacha bo‘lgan masofaga qarab 24 soatdan 36 soatgacha Turkiyada bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bu muddat yo‘llarning holati va ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda 48 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Avtotransport vositalari oldindan belgilangan marshrutga, stansiyalarga / to‘xtash joylariga rioya qilishlari kerak;
Turkiyaga / Turkiyadan yuklarni tashishda xorijiy haydovchilar 14 kunlik karantin muddati tugamasdan mamlakat hududiga kirishlari uchun ular 72 soat ichida Turkiyadan chiqib ketishlari talab etiladi (yo‘llar, ob-havo sharoiti, bojxona tartiblari hisobga olingan holda uzaytirilishi mumkin);
Turkiya haydovchilari 14 kunlik muddat tugamasdan mamlakatdan chiqib ketishlari mumkin;
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari tashishga ustuvor e'tibor beriladi.
Kemada yuk tashish (Ro-Ro Travels) haydovchilar ishtirokisiz amalga oshiriladi (faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilinadi).
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni amalga oshirishni rejalashtirgan jismoniy va yuridik shaxslarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025