16:47 / 29.04.2020
7530

Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlari navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi 

Tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma'lumot va tajriba almashdi.

2020 yilning 28 aprel kuni Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 10 aprel kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitidagi tashabbuslarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma'lumot va tajriba almashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tadbir ishtirokchilariga koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berdi, deyiladi TIV xabarida

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top