Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta'minlash xizmati ishga tushirildi
O‘tgan davr mobaynida ishlash uchun murojaat qilgan 400 nafarga yaqin fuqarodan 80 nafari ish bilan ta'minlandi.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish xalqaro assotsiatsiyasi (Rossiya) hamkorligida karantin davrida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi xizmat joriy yil aprel oyi boshida sinov rejimida ish boshlab, 20 apreldan to‘liq ishga tushdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida ishlash uchun murojaat qilgan 400 nafarga yaqin fuqarodan 80 nafari ish bilan ta'minlandi.
Salohiyatli ish beruvchilar va ishlash istagidagi xorijiy fuqarolar o‘rtasida aloqani ta'minlash uchun ko‘p tilli koll-markaz va tegishli ma'lumot kanallari yaratildi. Kanallarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar joylashtirilmoqda, koll-markaz savollarga javob beradi va ishga joylashish uchun arizalarni qabul qiladi.
Koronavirus tufayli 2020 yil 18 apreldan boshlab Rossiyadagi mehnat migrantlarining huquqlari kengaytirilgan: 2020 yil 15 iyungacha fuqaroligi, vizasi, ishlash uchun ruxsatnoma va patenti yo‘q shaxslar ro‘yxatga olingan joyidan qat'i nazar Rossiya Federatsiyasining istalgan joyida ishlashi mumkin.
Bu bo‘yicha koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.
Biroq, ushbu choralarga qaramay, rossiyalik ish beruvchilar iqtisodiyotning pasayishi va patensiz ishchilar sababli ma'muriy jarimalar to‘lashning oldini olish uchun, chet el fuqarolarini ishga olishga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Shu o‘rinda ishchi migrantlar ham ishonchsiz ish beruvchilar tomonidan aldanib qolish ehtimolidan xavotirda.
2020 yil 15 martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan ta'minlanish imkoniyatiga ega.
Hozirgi bosqichda axborot resurslarida asosan qadoqlash, yuklarni joylashtirish va qishloq xo‘jaligi sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati taqdim etilgan. Tekshirilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026