TIV charter reyslar va chet eldagi o‘zbekistonliklarga yordam masalasi bo‘yicha izoh berdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi charter reyslarga aloqador muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytardi.
Chet elda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar qaytishi uchun charter reyslar jadvali bormi?
Hozirgi vaqtda vazirlik chet eldagi o‘zbekistonlik fuqarolar qaytishlari uchun charter reyslar jadvali haqida ma'lumotga ega emas.
Agar shunday jadval bo‘lsa, uni e'lon qilish mumkinmi? Qatarda bo‘lgan o‘zbekistonliklar hozirda ishsiz qolishgan va uyga qaytishni xohlashadi. Ular charter reyslarni qancha kutish kerakligi to‘g‘risida bilishmoqchi?
Charter reyslarni tashkillashtirish to‘g‘risida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi. Maxsus komissiyaning tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng, charter reyslar va ularning yo‘nalishlari to‘g‘risidagi xabar internet resurslarda e'lon qilinadi.
Qatardagi yurtdoshlarimizga Kuvaytdagi O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilish va charter reyslar bilan vataniga qaytish istagida bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilishi uchun kerakli hujjatlarni (pasport ma'lumotlari va telefon raqami) taqdim etish tavsiya etiladi.
Maxsus komissiya tomonidan charter reyslar jo‘natilishi sanasi aniq qilingandan so‘ng Elchixona yurtdoshlarimizni qaror haqida xabardor qiladi.
Agar jadval yo‘q bo‘lsa, unda TIV chet eldagi o‘zbekistonliklarga qanday yordam bermoqchi? TIVning bunday imkoniyati bormi? TIVda chet eldagi o‘zbekistonliklar bilan aloqa bormi?
Charter reyslar jadvali to‘g‘risida ma'lumot yo‘qligini e'tiborga olib, TIV chet eldagi hamyurtlarimizga O‘zbekistonning elchixonalari yoki konsul tashkilotlariga batafsil ma'lumot olish uchun murojaat qilishlarini tavsiya qiladi.
Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025
Mavzuga oid

07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi

12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi

12:43 / 04.05.2022