Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ko‘chma laboratoriyalarga ehtiyoj yo‘q» – SSV vakili koronavirus uchun tahlil olinadigan laboratoriyalar yetarli ekanini ma'lum qildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov navbatdagi brifing chog‘ida qator savollarga javob berdi.
– Koronavirusni laborator tekshirish usullari – tomoqdan surtma olib tekshirishda, bemorning virusdan aniq xoli bo‘lganini aniqlab bera oladimi, ya'ni bu qay darajada ishonchli?
– O‘zbekistonda COVID-19 virusini aniqlash uchun PsR (polimeraz zanjir reaksiyasi) ishlatiladi. Uning aniqlash foizi juda yuqori bulib, 90 foizdan oshadi.
– Karantindan so‘ng ham niqob taqish, himoya vositalaridan foydalanish davom ettiriladimi?
– Bu o‘sha paytdagi vaziyatga JSSTning talab va tavsiyalariga bog‘liq. Masofa saqlash va gigiyena qoidalariga rioya qilishga odatlanish bundan keyin ham, tavsiyalar bo‘lish bo‘lmasligidan qat'i nazar davom etsa kerak.
– Singapur universitetining O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi joriy yilning 24 mayida to‘xtashiga oid prognozi qanchalik haqiqat?
– Singapur universiteti olimlari maxsus dasturlar yordamida joylardagi vaziyatni o‘rganib, matematik model yaratishgan. Ammo ularning o‘zlari ham bu matematik hisob-kitoblar ekanligi va ular real hayotdan farqlanishi mumkinligini tan olishgan.
– Hozirgi holatda shahardan shaharga, tumandan tumanga o‘tishdagi postlarda avtomobillarni dezinfeksiyalash ishlari to‘xtab turibdi. Dezinfeksiyalash majburiyati qoldirildimi?
– Epidemiologik osoyishtalik agentligi qayd etishicha, hozirgi kunda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilib, viloyatlararo qatnovlarga ruxsat berildi. Ammo dezinfeksiyalash tadbirlari bekor qilingani yo‘q.
– Bir tanishim test topshiribdi. Birinchi marta test topshirish orqali tahlil natijasi 50/50, ya'ni aniq chiqmaydi, faqat 14 kunlik kuzatuvdan so‘ng aniq natija beradi deyapti. Shu rostmi?
– Bu noto‘g‘ri ma'lumot. Polimeraz zanjir reaksiyasi juda aniq javob beradi. Ikkinchi marta zararlangan bemor tuzalganini aniqlash uchun analiz takrorlanadi.
– Isroilda koronavirus tekshiriladigan budkalar tashkil qilingani haqida ma'lumotlar tarqaldi. Bizda ham ana shunday test olish uchun joylar tashkil etilishi mumkinmi?
– O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash uchun analiz oladigan laboratoriyalar yetarli miqdorda tayyorlangan. Ularda kerakli asbob uskunalar, reaktivlar va ishlaydigan mutaxassislar yetarli. Shuning uchun ko‘chma laboratoriyalar ochishga ehtiyoj yo‘q.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025