O‘zbekiston | 10:45 / 01.05.2020
7598
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekinvest» Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamoldan yetgan zararlar uchun sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

Foto: O‘zbekinvest

«O‘zbekinvest» kompaniyasi Buxoro, Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari tumanlarida shiddat bilan sodir bo‘lgan tabiiy ofat – kuchli shamol oqibatida mol-mulki ziyon ko‘rgan mijozlardan arizalarni zudlik bilan qabul qilishni boshladi. Hozirda qabul qilingan 40 ta arizadan 5 tasi tezkor ko‘rib chiqilib, 35,4 mln so‘m to‘lab berildi.

Qolgan arizalar bo‘yicha ham zarur qoplamalar yaqin kunlarda to‘lab beriladi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi fuqarolarga o‘z mulklariga turli tabiiy hodisalardan yetadigan zararlarni qoplash uchun ularni sug‘urtalashlarini tavsiya etadi.

Sug‘urta – bu har bir inson uchun sug‘urta to‘lovini olishiga hamda o‘z jamg‘armasini saqlab qolishiga imkon beruvchi sinalgan xizmat.

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Mavzuga oid