19:52 / 02.05.2020
26367
Reklama

Yoqimli chegirma bilan poytaxt markazida «aqlli va innovatsion» uylar sizni kutmoqda

Ishbilarmon, zamon bilan hamnafas insonlar uchun uyning qulay joylashuvi juda muhim rol o‘ynaydi. Hozir yurtimizda ko‘plab turar-joylar barpo etilmoqda. Xaridorlar esa takliflar ichidan eng sarasini tanlashni istaydi.

NRG qurilish kompaniyasi poytaxt markazida qad rostlovchi ilk loyiha – Oybek turar-joy majmuasi sotuvi boshlanganini ma'lum qiladi. NRG kompaniyasi ikki qo‘shni mamlakatlarning yetakchi developerlari – Murad Buildings hamda BI group (Qozog‘iston) tomonidan asos solingan qo‘shma brend bo‘lib, uning dastlabki loyihasi esa O‘zbekistondagi birinchi zamonaviy «aqlli» turar-joy majmuasiga aylanishi kutilmoqda.

NRG Oybek Toshkent shahrining markazi – Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasi yaqinida qurilmoqda. Majmua Toshkentning yangi nafasi bo‘lib, unda yashaydigan bo‘lajak xonadon egalari o‘zlari va oila a'zolari uchun xavfsizlik, qulaylik, farovonlik, xotirjamlik kabi uyg‘un hissiyotlarni tuhfa etishadi.

Xo‘sh, yangi qurilish kompaniyasining NRG Oybek loyihasi sizlarni nimasi bilan hayron qoldirishi mumkin? Keling, majmuaning har bir qulayliklariga atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.

Kerakli manzillar  bir qadamda!

Eng avvalo, NRG Oybek turar-joy majmuasining joylashuvini qayd etish joizdir. Bu yerda yashaydigan aholi transport muammolariga duch kelmaydi. Istalgan manzil (maktab, supermarket, kasalxona, dorixona, restoran va h.k.)ga tez va oson yetib olish mumkin: ko‘p sonli avtobuslar qatnovi hamda metro bekatlarining yaqinda joylashuvi uzog‘ingizni yaqin qiladi. Shuningdek, NRG Oybek aeroport va vokzalga ham yaqin yerda joylashgan.

Kalitsiz uyga kirish

Majmuada xonadon egalari uchun yaratilgan dastlabki ilg‘or texnologiyalarni biri – bu uyning kirish eshigini kalitsiz oson ochishdir. Endilikda smartfon yordamida uyga yaqinlashishingiz bilan eshikning o‘zi avtomatik tarzda ochiladi. Avvallari «qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar» topishmog‘iga javob «shamol» bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy davrga kelib bu javobni NRG Oybek eshiklari, deb aytish mumkin.

IP-domofon

Yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlash – biznes-klass turdagi uylarning asosiy xususiyatidir. Maxsus videokuzatuv tarmog‘i sizning bexavotir dam olishingiz va qulay yashashingizga xizmat qiladi.

«Smart» darvoza

Siz ishga yoki o‘qishga shoshayotgan vaqtingizda avtoturargohga to‘siqsiz kirish uchun avtomobil raqamini o‘quvchi va shlagbaumni avtomatik ravishda ochuvchi maxsus tizim ishlaydi. Ushbu tizim bazasida barcha FVV (MChS) xizmat avtomobillari va majmua aholisining avtotransport raqamlari kiritiladi. Tabiiyki, turar-joy hududiga begona mashinalar kira olmaydi.

«Aqlli» yoritish tizimi

NRG kompaniyasi tomonidan taqdim etiluvchi intellektual yoritish tizimi avtomobilingiz turgan yerga yorug‘lik yo‘lagini tushirish orqali sizga mashinani belgilangan yo‘nalish bo‘yicha boshqarishga imkon beradi.

Shinam mehmonxona

Sharq xalqlari doimo o‘zining mehmondo‘stligi, bag‘rikengligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun majmuada umumiy xona, sanitariya tarmog‘i va oshxonadan iborat maxsus xona mavjud. Bu uyning eng fayzli burchagi hisoblanib, siz mehmonlarni taklif qilishingiz, bayram va har qanday tadbirni tashkil qilishingiz va yoqimli muhitdagi muloqotdan huzur qilishingiz mumkin.

Liftni qo‘l emas, oyoq bilan chaqirish imkoniyati

Hayron bo‘lyapsizmi? Lekin bu hazil emas. Majmuadagi liftlarni chaqirish tugmasi yerga yaqin joylashgan bo‘lib, bu ayniqsa qo‘llari og‘ir yuklar bilan band bo‘lgan insonlarga juda ham asqotuvchi yana bir qulaylikdir.

Go‘zal va ko‘rkam manzarali hovli

Majmuaning nafaqat ichki intereri, balki tashqi hududi ham sizlarni befarq qoldirmasligiga ishonamiz:

  • Tabiiy ko‘kalamzorlashtirilgan hudud;
  • Bolalar maydonchalari;
  • Kolyaskali onalar va aravada harakatlanuvchilar uchun maxsus yo‘lakcha;
  • Dam olish o‘rindiqlari;
  • Sport maydonchalari;
  • Ko‘cha trenajyorlari;
  • Sokin favvora;
  • Eksklyuziv landshaft pardozi;
  • Kichkintoylar tagligini almashtirish uchun maxsus xona va h.k.

Turar-joy majmuasi qurilishida faqatgina o‘ziga xos, sifatli qurilish materiallaridan foydalaniladi. Jumladan, tabiiy granit, Yevropaning dekorativ HPL panellari (ilk marotaba O‘zbekistonda), energiya tejaydigan metalloplastik derazalar, vitrajsimon oynalar va boshqa xomashyolar.

Endi esa eng asosiysi!

Shoshiling, yangi zamonaviy majmuada xonadonlar sotuviga start berildi. NRG Oybek turar-joy majmuasidan xonadonlarni sotib olish uchun mijozlarga qulay shartlar va aksiyalar mavjud. Sizga kompaniya 22 oygacha muddatli to‘lov asosida xonadon xarid qilish imkoniyati hamda 15 foiz miqdoridagi chegirmani taqdim etadi.

Ayni damdagi karantin vaqtida siz onlayn tarzda shartnoma tuzishingiz mumkin. Shu bilan birga, siz maxsus qo‘shimcha chegirmalarga ham ega bo‘lasiz.

Murojaat uchun telefon: 1060

Sayt: u-nrg.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top