NRG bunyodkorlik kompaniyasi ikki qöşni mamlakatlarning yetakçi developerlari – Murad Buildings hamda BI group (Qozoğiston) tomonidan asos solingan qöşma brend bölib, uning dastlabki loyihasi esa Özbekistondagi birinçi zamonaviy «aqlli» turar-joy majmuasiga aylanişi kutilmoqda.

NRG Oybek Toşkent şahrining markazi – Oybek va Nukus köçalari kesişmasi yaqinida qurilmoqda. Majmua Toşkentning yangi nafasi bölib, unda yaşaydigan bölajak xonadon egalari özlari va oila a'zolari uçun xavfsizlik, qulaylik, farovonlik, xotirjamlik kabi uyğun hissiyotlarni tuhfa etişadi.

Majmua yangidan-yangi qulayliklari va texnologik imkoniyatlari bilan hattoki ta'bi nozik insonlarni ham hayratga sola oladi. Qanday qilib deysizmi? Keling, yaqinroq tanişib çiqamiz:

Connected Home va «Aqlli» uy

Connected Home – uy egasini ortiqça boşqaruv harakatlaridan xalos etuvçi va xavfsizlik hamda qulaylikni ta'minlovçi elektron qurilmalarning özaro boğlangan konsepsiyasidir. U öz içiga ovozli yordamçilar, isitiş tizimini boşqariş, «aqlli» yoritiş tizimi, şuningdek, mukammal datçiklar va kontrollerlar.  

Boşqaruv qurilmasiga ulangan maxsus datçiklar orqali aqlli xonadon egasi uyda sodir bölayotgan barça muhandislikka aloqador jarayonlar nazoratini öz qöliga olişi mumkin. Boşqaruv oila a'zolarining smartfonlariga ham örnatiluvçi Connected Home dasturi orqali amalga oşadi.

Siz endilikda elektr energiyasi va suvga sarflanuvçi xarajatlarni kuzatib borişingiz mumkin. Bu esa öz navbatida xonadon resurslarini vaqtida tejaşga yordam beradi. Ovoz orqali boşqaruv, pardaning mustaqil ravişda oçilişi, televizor va  konditsionerni boşqariş – uyda ötkazadigan har bir lahzangizdan zavq olişingizga imkon beradi.

The Art of Living SmArt –  «Aqlli» hayot san'ati

Connected Home qulayligining asosi –  barça tizimlarning iş rejimini özimiz xohlagandek qilib dasturlaş bölib, köplab iş ssenariylari orasidan sizning yaşaş şaroitingizga mosini tanlagan holda sozlaysiz.  

Agar tasodifan suv toşsa, elektr toki öçib qolsa yoki biron-bir tizim işdan çiqsa, mobil telefoningizga vaziyat töğrisida PUSH eslatma keladi. Bu esa uyda sodir bölayotgan holatdan doimo xabardor bölişga yordam beradi.