«Ahvolimiz tobora oğirlaşmoqda, pullarimiz tugab böldi». Hindistonga davolanişga borib, Özbekistonga qaytolmayotgan özbeklar
|15:10 / 03.05.202048 01811 min
Kun.uz muxbiri davolaniş uçun Hindistonga borgan, biroq pandemiya tufayli çegaralar yopilib, aviaqatnovlar töxtatilgani bois Özbekistonga qaytolmayotgan vatandoşlar bilan suhbatlaşdi.
Bekzod Xilvatov:
– COVID 19 pandemiyasi sababli aviaqatnovlar, köp ötmasdan charter reyslar ham bekor qilindi. Şu sababli biz Hindistonda qolib ketdik. Şuning uçun Kun.uz tahririyatiga murojaat qilmoqdamiz.
Men özim, 13 yoşli qizim va ayolim bilan 9 yanvarda Dehliga qizimga buyrak köçiriş operatsiyasini amalga oşiriş uçun kelganmiz. Rejamiz böyiça operatsiyani uzoği bilan ikki oyda ötkazib, qaytib ketişimiz kerak edi. Ba'zi kasalliklarga qarşi immuniteti pastligi tufayli bu yerda vaksina oliş va bir oy muddat kutişimizga töğri keldi.
Operatsiya davrigaça bir yarim oy mobaynida gemodializ muolajasini olib keldi. Gemodializ muolajasini haftada uç marta amalga oşiriladi. Har bir dializ narxi 100 dollarga yaqin turadi. Operatsiya uçinçi marta amalga oşirildi. Şukr, hammasi yaxşi ötdi. 18 martda elçixonaga murojaat qilib, charter reysda qaytib ketişimizni bildirib, röyxatga oldirib qöydim. Har 2-3 kunda elçixonaga murojaat qilib, telefon qilib xabar olamiz, lekin bir yarim oy davomida aniq javob ololmadik. Şuning uçun sizlarga murojaat qilişga majbur böldik.
Gulnora Burhonova:
– 1 martda yuragimni operatsiya qildirganman. Toşkentga 24 martga çipta olib qöygandim. Ketolmay qolib ketdim. 24 martdan beri yotoqxonalarda pul tölab yaşayapman. Pensionerman. Bir özim qolib ketdim. Qizim kelişi kerak edi, 15 martga çipta olgandi, aeroportlar berkilib, kelolmay qoldi.
Bir özim bölganim uçun menga apartamentga joylaşiş noqulay böldi: til bilmayman, heç kimni tanimayman. Operatsiyadan keyin dökonga borib keliş, ovqat pişirib yeyişga qiynaldim. Şuning uçun yotoqxonaga joylaşdim. Uç-tört yulduzli apartamentlarni yopib taşlaşdi. Faqat qimmat mehmonxonalargina qoldi. Ilojim bölmagani uçun Crowne Plaza degan mehmonxonaga joylaşdim. Ovqatim va yaşaşim bir kunda75 dollarga tuşdi. Bir oy öşa yerda yaşadim. Hozir Dehlidagi sal arzonroq mehmonxonaga köçib çiqdim. Baribir bir kunda 4 ming rupiy sarflayapman. Juda ham qiyin. Şuning uçun charter reys bölmasa ham, menga puldan yordam beringlar deb elçixonaga 2-3 marta yozdim. Qarzga botib ketdim. Toşkentdan undan söradim, bundan söradim, pul yuborişdi.
Mavzuga oid
Qöziboy Rajabov:
– Hindistonga 2 martda kelganman. Bu yerga kelişdan oldin qaytib ketiş uçun çipta ham olganman. Qölimda çiptam bor edi, muddati tugadi. Davolanayotganim uçun 21 martdagi charter reysga ulgura olmadik.
Bu yerda vaziyat oğir. Yoş bolalar, ayollar, yoşi kattalar, siz bilan muloqotga çiqa olmagan, men bilan aloqada bölib turganlar nomidan ham gapiryapman. Ahvoli oğir kasallar bor, odamlar bu yerda pulsiz, nonsiz qolyapti. Bizning davolanişimiz tugaganiga 1 oydan oşdi. Faqat yurtimizga qaytişni kutyapmiz.
Odina Nazarova:
– Bu yerga 2 mart kuni buyrak köçiriş uçun kelganmiz, ya'ni sakkiz yoşli qizimda ötkir buyrak yetişmovçiligi kasalligi aniqlangan. Uç oy davomida davolandi va davosi bölmaganligi, operatsiya imkoniyati bölgani sababli bizni bu yerga yuborişgan. Biz keldik, ammo biz öylagan narsa bölmadi. Çunki buyrak kasalliklarining turi har xil bölarkan. Qizimda Anti GMB nefrit infeksiyasi çiqdi. U million, milliard kişidan bittasida aniqlanadigan kasallik hisoblanar ekan. Şuning uçun operatsiya 6-7oydan keyinga qoldirildi.
Qon tarkibidagi öşa infeksiya batamom yöq bölib ketişi va qaytalanmasligi uçun kutiş kerak ekan. Hozir qizim haftada 3 marta gemodializ oladi. Operatsiyadan keyin 1 mayga qaytiş çiptasini olgandik. Lekin afsuski, biz öylagan narsalar bölmadi, bu yerda qolib ketdik, operatsiya sentabr yoki oktyabrga qoldirildi. Na qolişga, na ketişga şaroitimiz bor.
Yolğiz onaman, turmuş örtoğim yöq. Işonganlarim şu farzandlarim, ota-onam. Xalq tomonidan pul yiğib berilgan, saxovatpeşa odamlar kömagi bilan bu yerga kelganmiz. Haftasiga 3 marta gemodializga boramiz. Har bitta gemodializ narxi 100 dollar. Bundan taşqari, haftasiga 2 marta qon tahlillari topşiriladi, ular 60-70 dollardan. Kasalxonada yotişga şaroitimiz yöq, çunki ikki kişilik palatalar bu yerda kuniga 60 dollardan.
Kelganimizdan keyin plazma filtr davolaş kursi ötkazildi. Anti GMB nefrit infeksiyasini bartaraf qiliş uçun faqat qonni filtrlaş ötkazilişi kerak ekan. Plazma filtrning har bir kursi 1600-1800 dollardan, olti marta ötkazildi. Hozir qölimizdagi pul bir haftaga yetişi mumkin. Bir haftadan keyin pulimiz ham tugaydi, gemodializ olmasak bölmaydi. Gemodializga borganda avval kassaga tölov qilasiz, keyin çek orqali gemodializ ötkazişadi. Tölov bölmasa, buning heç qanday çorasi yöq. Juda ham qiyin holatdamiz.
Yurtboşimizdan imkon qadar bizga yordam berişlarini söraymiz. Xudoga şukr, bizning tört muçamiz soğ, qornimiz töymasa ham bir kunimiz ötadi, ammo farzandlarimizga qiyin bölyapti. Çunki bu yerda 1 yoşdan tortib, 30-60 yoşgaça bölgan bemorlar bor.
Bolalarimiz hali hayot nimaligini bilişmaydi. Uni-buni yeyman deydi, öyinqaroqligi bor. Bu narsalarni amalga oşirişga bizda imkoniyat bölmayapti. Bu yerda har bir kasalimizga gormon beriladi. U şu darajada oşqozonni yurgizadiki, kasal odamlar nima yeyişayotganini, nima xohlayotganini özlari bilmagan darajada köp narsa talab qilişadi. Qizimda ham xuddi şunday holat. Gormon olganligi sababli har xil narsa: qovun, tarvuz yeyman deydi. Lekin u aytgan narsalarni olib berişga ilojim yöq.
Agar Özbekistonda bölsak, uyimizda bölmasa ham qöni-qöşnidan yordam sörab bölsa ham amallasak bölardi. Lekin biz xorijdamiz. Bu yerda tanişlarimiz, bizga tirgak böladigan odamlar yöq. Köçadan birortasidan ehson söraşga imkoniyatimiz yöq.
Murod Kamolov:
– Biz 2019 yil 23 noyabrda kelganmiz. Farzandimda saraton xastaligi bor, jigar operatsiyasi uçun kelgandik. Çiptamiz 23 dekabrga edi, qaytib ketişimiz kerak edi. Operatsiya bölmadi, davolanişga töğri keldi. Kimyoviy terapiya oldik, undan keyin farzandimni 25 yanvarda operatsiya qilişdi. Undan keyin yana 2 kurs kimyo terapiyasi tayinlaşdi. Martning oxirida davolanişimiz tugadi.
Töğrisini aytaman, pulim beş kun, uzoği bilan bir haftaga yetadi. Şuning uçun yurtboşimizdan bizga charter reys qöyişlarini iltimos qilamiz.
Gulçiroy Abdumutalova:
– Bu yerga farzandimni olib kelganman. Imkoniyat qolmagandi. Sönggi imkoniyat şu yerga olib keliş bölgan. 4 martda kelganmiz. Öğlimning yuragi ikki marta operatsiya böldi. Şuning hisobiga keç qolib ketdik. Bir oyda işimiz bitdi. Allohga şukr, operatsiyalar yaxşi ötdi. Şifokorlar bir oydan keyin ketişga ruxsat berişdi. Ketmoqçi bölganimizda şunday yöllar berkitilişi, virus tarqalişiga töğri kelib qoldik.
Bu yerga homiylar yordamida kelganmiz. Homiylarim operatsiyani, hamma xarajatlarni kötarişgan. Boşida ikkita operatsiya böladi deb öylamaganmiz. Şuning hisobiga mablağ köproq ketib qoldi. Ahvolimiz juda oğir.
Yolğiz özim kelganman, oilaviy şaroitim sababli hatto onam uçun çipta ololmaganman. Yolğiz onaman, turmuş örtoğim vafot etgan. Qança tez ketsam, şunça yaxşi. Bu yerda birovdan bir söm pul söraş qiyin bölyapti. Öğlimning yuragiga batareyka qöyişgan, yuragi simulyar yordamida işlayapti. Holati yaxşi. Qolişga umuman imkoniyatim yöq. Hukumatimizdan bu yerdagi bemorlarni tez olib ketişlarini iltimos qilardim. Çunki bu yerda vaziyat juda ham oğir.
Uluğbek Muhsinov:
Öğlimni davolatiş uçun olib kelgandim. 25 fevralda kelganman. 15 kunda qaytib ketaman deb möljallagandim. Bu yerdagilar boşida gaplaşganimizda şunday ma'lumot bergan edi. Kelganimizdan keyin vaziyat özgardi, şifokorlar boşqa rejani aytişdi. Undan keyin öğlimni operatsiya qilişdi. Qaytişning iloji yöq, biratöla nur terapiyasini olib keyin ketinglar deyişdi.
Qaytiş çiptalarimiz 15 martga edi. Bekor qilindi, vaqtini çözdirib qöydik. Oltmiş tört-oltmiş beş kunga qarab ketyapti, muammolar tugamayapti. Bola bilan musofirçilikda juda qiynaldik.
Bu yerga öynagani emas, farzandimizga davo istab kelganmiz. Farzandimiz köz oldimizda sönmasin deb umid bilan kelgandik. Bunday holatlar böladi deb öylamagandik. Bizga mutasaddi taşkilotlar yordam berişsa. Charter reyslarni qöyib, bizni Hindistondan olib ketişlarini iltimos qilamiz. Şaroitimiz tobora qiyinlaşib boryapti. Pullarimiz tugab böldi.
Ötkir Kattabekov:
– Ukamning boş miya jarrohligi masalasi böyiça 1 martda kelgandik. 19 martgaça davolanişni yakunlab, qaytişimiz kerak edi. 19 mart kuniga qaytiş reysiga ham çiptamiz bor edi. Pandemiya sababli keçikib ketdi. Ikki oydan ortiqroq Hindistondamiz. Hozir ukam özini yaxşi his qilyapti. Yaşaşga joyimiz bor, şaroitlarimiz yaxşi. 20-25 kunlik mablağni ikki oyga yetkazdik. Buyoğiga nima qilişni bilmay ötiribmiz.
Endi yurtboşimizga dardimizni doston qilmoqçi emasman. Çunki yurtimizla bölayotgan voqealarning hammasidan xabarimiz bor. Vatanimizdayam vaziyat juda murakkab, ketma-ket kelgan tabiiy ofatlar, suv toşqinlari sababli bizsiz ham davlat rahbariyatining taşvişi yetarliça. Agar imkoni bölsa hozirgi vaziyatda çidab, aviaqatnovlar yölga qöyilişini kutib ötirardik. Ammo özimizdan ötayotganini özimiz bilganimiz, bu yerda ham vaziyat kundan-kunga oğirlaşayotgani bois tezroq charter reyslar yölga qöyilişini sörab qolardim.
Bekzod Sunnatullayev:
– Bu yerda qolib ketgan yurtdoşlarimiz asosan davolanişga kelişgan. Ularning içida, oğir kasallar, onkologik kasallar bor. Jigar, buyrak köçirib ötkaziş, yurak operatsiyalari uçun kelişgan. Men kelgan gospital atrofida 10ga yaqin oila bor. Har bir oiladan 3tadan, kamida 2tadan 4tagaça odam bor. Yaqin-atrofda joylaşgan gospitallardan 10-11 tadan odamlar bor. Bu biz bilganlarimiz. Murojaat qilolmay ötirganlar ança köp. Taxminimizga köra, charter reysni kutib ötirgan 250-300 kişi bor. Hozir pandemiya sababli Hindistonda hamma operatsiyalar töxtatib qöyildi. Operatsiya jarayonlari hali tiklanmadi. Operatsiyani kutib yotganlar ança. Bundan taşqari, donor töğri kelmasdan, boşqa donorni kutayotganlar ham bor.
Özbekistonning Hindistondagi avvalgi elçisi taşqi işlar vaziriga örinbosar bölib ketgan ekan. Hali tayinlanmagan ekan. Uning vazifasini elçixonada işlayotganlar bajarib kelişayotgan ekan. Buni yaqinda bildik. Ungaça xabarimiz yöq edi. 18 martdan şu kungaça murojaat qilib, birorta aniq javob ololganimiz yöq. Şaroit oğirlaşdi, kasallik ham ikkinçi öringa tuşib qoldi. Hammamiz kasallik töğrisida emas, vaziyatdan çiqiş töğrisida öylab qoldik.
Respublikamizda taşkil qilingan maxsus komissiya, qolaversa prezidentimizdan yaqin kunlar içida charter reys taşkil qilib, bizni vatanimizga qaytarişlarini Hindistonda qolib ketgan yurtdoşlarimiz nomidan iltimos qilaman.