Rossiyada 100 nafardan ortiq özbekistonlik işçi 4 oy davomida maoşsiz va oziq-ovqat ta’minotisiz qoldirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qarzdorlik qariyb 24 mln rublga (324 ming dollar) yetgan. Ayrim işçilarlar nolegal holatga tuşib qolgan. Söng ular Migratsiya agentligiga murojaat yöllaşgan.
Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan advokatlar jalb etilgan. Boş konsulxona holat yuzasidan tegişli organlarga NOTA yuborgan, diplomatik kanallar işga tuşirilgan. Vakolatli organlar tomonidan iş beruvçilarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda 9 mln 403 ming rubl iş haqi undirib berilgan. Qarzdorlikning qolgan qismi 15 mayga qadar tölanişi kutilmoqda. Şuningdek, oziq-ovqat ta’minoti qayta tiklangan.
Agentlikning qöşimça qilişiça, noqonuniy holatga tuşganlar vatanga qaytarilib, moddiy yordam ajratiş boşlangan.

















