Suvi qoçgan Sardoba: Özi bölmagan şamol va yoğmagan yomğir töğon buzilişiga aybdormi?
|22:09 / 03.05.2020261 49010 min
Sardoba suv omborida yuz bergan halokatning ilk kunidanoq suv ombori töğoni buzilişiga kuçli yomğir va şamol sabab bölgani ma'lum qilindi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
«Sardoba» suv ombori Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hududida joylaşgan bölib, Özbekistondagi yirik suv inşootlardan biri hisoblanadi. Uşbu megainvestitsion loyiha 2010-2017 yillar davomida amalga oşirilgan. Unga suv Janubiy Mirzaçöl kanalidan kelib quyiladi.
Gidrotexnika inşooti 922 million kubometr suvni öz içiga oladi, şuningdek Sirdaryo va Jizzax viloyatlari yerlarini suğoriş uçun möljallangan.
2020 yil 1 may kuni soat 05:55da «Sardoba» suv ombori dambasi devorining 6 piketida suv sizib çiqişi natijasida hududda suv toşqinlari sodir böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya voqeaga joyida tegişli işlarga kirişdi.
Hukumat komissiyasi tuzilib, avvaliga boş vazir, köp ötmay prezident Şavkat Mirziyoyev vertolyotda voqea joyiga yetib bordi.
Dastlab uşbu hududga yaqin joylaşgan «Qörğontepa» MFY, «Döstlik» MFY, «Yurtdoş» MFY, «Qöytoş» MFY, «Ota yurt» MFY, «Birlik» MFYdan aholi evakuatsiya qilindi. Kun davomida yana ön minglab kişilar Sirdaryoning boşqa tumanlariga va qöşni Jizzax viloyati hududiga köçirildi.
Huquqşunos va loyihalarni boşqariş böyiça havaskor mutaxassis sifatida uşbu vaziyatga huquqiy va loyihalarni boşqariş nuqtayi nazaridan öz fikrimni bildirişni lozim deb topdim.
Köpçilikka ma'lumki, bunday yirik investitsion loyihalar rejalaştirilişida uning xizmatga yaroqliligi jihatidan uzoq muddatga qaratilgan böladi. Bu jihatdan, mazkur investitsion loyiha öz maqsadiga erişişida loyihalaştirişning qöpol buzilişi alomatlari mavjud, deyişga asos bölmoqda.
Çunki, loyiha tasdiqlanib işga kirişişdan avval bir neça jarayon guruhlaridan va bilim sohalaridan aniq hisob-kitoblar va tahlil bosqiçlaridan ötadi. Uşbu investitsion loyihaning maqsadi oliy bölganiga heç kimda heç qanday şubha yöq. Ammo uning töğri rejalaştirilganiga şubha paydo bölmoqda. Bu şubha, albatta, öta şaxsiy.
Hali heç qanday real faktlarga asoslanişning imkoni yöq. Çunki uşbu maqola voqea sodir bölganiga bir neça soat bölgan vaqtda öşa kunning özida yozilmoqda. Hali mutaxassislar yakuniy xulosa berişganiça yöq.
Lekin ommaviy axborot vositalarida bugunning özida (1 may) soat 19:00dagi mutaxassislarning dastlabki xulosalari sifatida aytilişiça, suv ombori dambasi devorining 6 piketidan suv oqib çiqişiga «keçasi yoğgan kuçli yomğir va şamol» asosiy sabab bölgan.
Ammo meni hayron qoldirgan jihati 2020 yil 30 aprelda Sirdaryo viloyatida kuçli yomğir bölgani yöq-ku?! Buni gidrometeorologiya xizmati xabarlari ham tasdiqlaydi. «2020 yil 30 aprel, payşanba kuni Toşkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi +12..+17, kunduzi +23..+28 daraja issiq böladi».
Mavzuga oid
Özgidromet xabarida 2020 yil 29 aprel, çorşanba kuni Toşkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarining ba'zi joylarida yomğir yoğişi, harorat keçasi +12..+17, kunduzi +20..+25 daraja issiq bölişi aytilgan. Lekin kuçli yomğir haqida va şamol haqida gap heç qanday gap yöq.
Bundan taşqari, öşa kunlarda kuçli yomğirni ham, kuçli şamolni ham his qilganimiz yöq.
Özgidromet xabarida Sirdaryo hududida 1-2 may kunlari kuçli yomğir bölişi aytilgandi.
Unisini ham qöya turaylik, nahotki «Sardoba» suv ombori dambasining devori «keçasi yoqqan kuçli yomğir va şamol»ga bardoşli qilib rejalaştirilmagan bölsa, quriş jarayonida ham bu risk inobatga olinmagan bölsa? Obektni qabul qilişda-çi?! (Aslida aytilayotgan öşa yomğirning özi ham hali yoğmagan edi).
Keling, loyiha boşqaruvi jarayonlarini nazariy jihatdan körib çiqsak.
Loyiha boşqaruvi jarayonlari 5 bosqiçga bölinadi. Bulardan birinçisi — loyiha taşabbusini körsatiş.
Unda loyihaning maqsadi, dastlabki qiymati, foydalanişga topşiriş muddati, loyihadan manfaatdor tomonlar körsatiladi. Bu hali rejalaştiriş emas, bu bor yöği taşabbus. Agar maqsad oliy, qiymati hamyonbop, topşiriş muddati qoniqarli, davlatga va jamiyatga manfaatli hamda ekologiyaga zararsiz bölsa keyingi bosqiçga ötiladi.
Ikkinçisi esa — loyihani rejalaştiriş. Asosiy hisob-kitoblar, tahlillar, turli texnologik yeçimlar, oğriqli masalalar mana şu joyda böladi. Şuning uçun ham rejalartirişda 10ta bilim sohasi iştirok etadi. Loyiha qamrovini boşqariş, vaqtni boşqariş, xarajatlarni boşqariş, sifatni boşqariş, inson resurslarini boşqariş, kommunikatsiyalarni boşqariş, riskni boşqariş, xaridlarni boşqariş, manfaatdor tomonlarni boşqariş şular jumlasidandir.
Yuqorida sanab ötilgan bilim sohalarning kamida bittasida, köpi bilan 9tasida birvarakayiga xatolikka yöl qöyilgan bölişi taxmin qilinmoqda. Manfaatdor tomonlarni boşqariş bu holatda sifatga ta'sir qilmaydi.
Yuqorida aytilgan boşqa bilim sohalaridagi hisob-kitoblar, tahlillar va maqsadga muvofiqlik böyiça qilingan işlar şubha ostida.
Navbatdagi uçinçi jarayon — ijro etişga kirişiş, deb ataladi va bunda quriliş işlari boşlanişi nazarda tutiladi. Buning uçun loyiha boşqaruv guruhi şakllantirilib, axborot almaşinuvi yölga qöyiladi, xaridlar uçun tenderlar ötkaziladi va boşqa xöjalik şartnomalari tuziladi, bundan taşqari sifatga muvofiqlik talablari işlab çiqiladi.
Törtinçi jarayon esa iş jarayonini monitoring qiliş va nazorat deb ataladi. Bunda bevosita quriliş joyidagi iş jarayonlari nazorat qilib boriladi. Amaliyotda bu bosqiçda rejalaştirişdagi xatolar yuzaga çiqişi mumkin, bunday vaziyatda qayta rejalaştirib töğrilanişi lozim. Bir neça xatoliklar yuzaga çiqqan taqdirda ham, qayta-qayta rejalaştirilgan taqdirda ham xavotirli emas.
Biroq öşa xatoliklar tan olinmasa, yoki qayta rejalaştirilmasa bunisi xavotirli. Qurilişdagi iş qamrovining rejadagi bilan bir xil bölişi, işni bajariş muddati nazorati, sifat nazorati, aloqa nazorati, risk nazorati, xaridlarni nazorat qiliş kabilar bu bosqiçning asosiy nuqtalaridir.
Beşinçi jarayon esa loyihani yakunlaş hisoblanib, unda tegişli komissiyalar iştirokida loyiha sifati, maqsadga muvofiqligi tekşirilib, tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş işlari bajariladi.
Yuz bergan hodisa sabab «Sardoba» suv omborini qabul qilib oliş böyiça komissiya iş faoliyatini şubha ostiga olişga majbur bölmoqdamiz. Körib ötganimizdek, ayrim mas'ul şaxslar «risk management» degan tuşunçani «his» qilmagan körinadi. Unda albatta kelajakda bölişi mumkin bölgan ayrim holatlar tahlil qilingan bölişi kerak edi. Ammo körib turganimizdek, ular katta ehtimol bilan öz «tahlil»larida «risk management»ni yoddan çiqarişgan.
Şuningdek, loyihani boşqariş guruhi a'zolari loyiha mablağlari töğri sarflanişi uçun javob beradi. Biz körib çiqayotgan uşbu loyihada bu guruh qançalik darajada faoliyat yuritgani bizga qoronği.
Yana bir muhim jihatlaridan biri loyiha doirasida ötkazilgan tender şaffofligi bölib, bu jarayonda tender savdolari ötkaziş orqali loyiha uçun zarur bölgan xomaşyo materiallari sotib olinadi. Bu yerda, agar qalloblikka yöl qöyilsa, oddiy qilib aytganda, «uyingizning fundamenti nimjon bölgani uçun devoringiz qulab tuşadi» degani.
Bundan taşqari, loyiha uçun zarur bölgan va «rejalaştirilgan xomaşyo» örniga «boşqa xomaşyo» yoki «örnini bosuvçi xomaşyo va materiallar»dan foydalanilgan bölişi mumkin. Yana bir asosiy faktor sifatida, investitsion loyihalarni öz vaqtida tayyor holda topşirolmasligidan qörqib, nima qilib bölsa-da, tez bajariş asosiy e'tiborda bölib, sifatga e'tibor ikkinçi darajaga ötib qolgan bölişi mumkin.
Bu narsa bizning loyihaçilarimizga öziga xos bir «udum» bölib qolgan desak mubolağa bölmaydi.
Endi mazkur voqeaning huquqiy jihatiga e'tibor qaratsak.
Avvalo huquqda mutanosiblik tamoyili mavjud. Uşbu tamoyilga köra, mansabdor şaxslarning har qanday harakati qöyilgan maqsadga muvofiq bölişi zarur. Bu qanday maqsad? Bu maqsad — umumjamiyat ravnaqiga qaratilgan xatti-harakatlardir.
Ya'ni, mansabdor şaxslarning har qanday qarori yoki işlab çiqqan loyihasi qonuniy maqsadga erişiş uçun mos va yetarli bölişi hamda manfaatdor şaxslarga imkon qadar qiyinçilik tuğdirmasligi kerak. Özbekiston Respublikasining «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi qonuni mutasaddi organlardan şuni talab qiladi.
Yana bir muhim jihati şuki, bu yerda qonunni mensimaslik, bepisandlik va korrupsiya belgilari bölişi mumkin. Albatta, huquqda aybsizlik prezumpsiyasi mavjud, şuning uçun biz bugun aynan kimnidir ayblamoqçi emasmiz. Buning uçun tegişli vakolatli organlar mavjud.
Biz faqat yuqorida keltirilgan sub'yektiv faktorlar mavjud bölişi mumkinligini ayta olamiz, xolos. Söz oxirida şuni aytmoqçimizki, jonajon xalqimiz albatta bu balo-ofatlardan çiqib ketadi. Çunki xalqimiz iymoni, irodasi va salohiyati kuçli xalq.
Javohir Şukurov,
huquqşunos va loyiha boşqaruvi böyiça havaskor mutaxassis.
Izoh: Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamaydi.
Bugun, 3 may kuni Özbekiston Boş prokuraturasi «Sardoba» suv omborida röy bergan holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida ma'lum qildi. Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlarini olib boriş DXX organlariga yuklatilgan.