AQŞning Texas ştatidagi suv toşqini qurbonlari soni 104 kişiga yetdi.
Rasmiylar mintaqada 4 iyul kuni kuçli yomğirdan keyin qurbonlar soni ortganini ma’lum qildi. Qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda, aksariyat ölim holatlari Kerr okrugida qayd etilgan, deydi rasmiylar.
Xususan, uşbu okrugda 84 kişi, jumladan, 28 bola halok bölgan.
Kuçli yomğir tufayli Kerr okrugida Gvadalupe daryosi toşib, keng kölamli toşqinlarga sabab böldi.
Texas gubernatori Greg Ebbott ijtimoiy tarmoqlarda falokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun barça resurslar safarbar qilinganini aytdi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, tabiiy ofat hududida 50 mingga yaqin odam bor, qutqaruv işlari hamon davom etmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Kerr okrugini falokat hududi deb e’lon qildi.
Ayni paytda, ştatdagi respublikaçi rasmiylar Tramp ma’muriyatining tejamkorlik siyosati doirasida budjeti qisqartirilgan Milliy meteorologiya xizmatini (NWS) tabiiy ofat boşlanişidan oldin öz vaqtida ogohlantiriş va aniq prognozlar bermagani uçun tanqid qildi.









