Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Pokistondagi suv toshqinlari oqibatida 200dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi
Pokistonda oxirgi 24 soat ichida 164 kishi halok bo‘ldi. O‘nlab odamlar turli darajada jarohatlangan.
Foto: AP
Hindiston va Pokistonda tinimsiz yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 200dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.
Hindiston nazorati ostidagi Kashmirda kamida 80 kishi halok bo‘lgan va 80 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Mahalliy shifoxonalarga kamida 50 kishi og‘ir jarohatlar bilan keltirilgan. Ularning aksariyati qutqaruvchilar tomonidan loy va vayronalar orasidan chiqarib olingan.
Pokistonda oxirgi 24 soat ichida 164 kishi halok bo‘ldi. O‘nlab odamlar turli darajada jarohatlangan.
Qutqaruvchilar Mansexra tumanidan 1300 nafar sayyohni evakuatsiya qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda kamida 35 kishi bedarak yo‘qolgan.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy boshqarmasining ma’lumot berishicha, mamlakatda 26 iyundan buyon suv toshqinlari oqibatida 477 kishi qurbon bo‘lgan.
Meteorologlar kuchli yomg‘irlar davom etishini bildirishmoqda.
Mavzuga oid
14:27 / 11.02.2026
O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord natija qayd etdi
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
21:19 / 07.02.2026