O‘zbekiston | 08:33 / 05.05.2020
2901
6 daqiqa o‘qiladi

Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga ta'sirini baholash tizimida o‘zgarish bo‘ladi

Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobat muhitiga ta'sirini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobat muhitiga ta'sirini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish belgilangan;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart;

v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta'minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 12 martdagi 212-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta'minlash boshqarmasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta'sirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ta'sirini baholashni amalga oshirishi belgilangan;

g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 2 dekabrdagi 328-son qaroriga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta'sir etadigan ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan normativ-huquqiy O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash uchun joylashtirib borilmoqda.

Quyidagilar:

a) normativ-huquqiy hujjatlar (qonun hujjatlari)ning raqobatga ta'sirini baholashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

qonun hujjatlarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida iqtisodiy jihatdan asoslanmagan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga yo‘l qo‘ymaslik;

qonun hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida tadbirkorlik va raqobat muhitiga salbiy ta'sirini baholash;

biznes yuritish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini o‘rganish;

tovar va moliya bozorining barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlar yaratishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash;

ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni berilishini asoslanganligini tahlil qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklaydigan loyihalarni yoki amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar kiritish;

b) qonun hujjatlarni raqobatga ta'sirini baholashning asosiy bosqichlari etib belgilanadi:

qonun hujjatlari loyihasida tartibga solish belgilangan masalani (holat, muammo va h.k) aniqlash, u haqdagi ma'lumotni shakllantirish va asoslash;

masalani tartibga solishda davlatning ishtirokining maqsadga muvofiqligini baholash;

qonun hujjatlarini qabul qilishning oqibatlarini iqtisodiy jihatdan asoslash, tadbirkorlik sub'yektlari va davlat budjetiga ta'sirini hisob-kitob qilish;

qonun hujjatlari bilan manfaatlari nazarda tutilayotgan guruh ishtirokchilarining tasniflash;

yangi yoki amaldagi funksiyalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, vakolatlar, majburiyatlar, imtiyozlar, preferensiyalar, davlat organlari huquqlari va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida, shuningdek, kiritilayotgan cheklovlarni tahlil qilish;

qonun hujjatlarni raqobatga ta'sirini baholash natijalari bo‘yicha xulosa berish.

Qonun hujjatlarini raqobatga ta'sirini baholash Metodikasi tasdiqlanadi.

Belgilanishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda ushbu Qo‘mita bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Xususan:

tovar yoki moliya bozorining alohida ishtirokchilariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, eksklyuziv huquqlar, kafolatlar, yengilliklar, preferensiyalarni berish;

faoliyat yuritish sharti sifatida litsenziyalash yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibini, tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga texnik tartibga solishning yangi shartlarini o‘rnatish;

tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining xarajatlarining sezilarli darajada oshishiga olib keluvchi talablar joriy qilish;

tovar yoki moliya bozorlarida tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida davlat korxonasi yoki davlat ulushi bor korxonalar tuzish.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda ushbu Qo‘mita bilan kelishilmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiquvchilar - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qaytariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid