Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2217taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 10 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 6 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2217 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.
5 may kuni 18ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 96 kishi tuzaldi.
21 apreldan buyon O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni yangi kasallanish holatlari sonidan ko‘p bo‘lmoqda, faqat 30 aprel kuni ikki holat teng bo‘lgan.
Ayni vaqtgacha jami 1501 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 706 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 706 kishidan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025