Rossiya – e'tibor markazida

2020 yil boşidan e'tiboran yangi turdagi koronavirusga qarşi kuraş eng katta global muammoga aylandi. Agar bugungi kunga qadar sodir bölgan voqealarga nazar taşlansa, dunyo, aslida, uşbu epidemiyaga tayyor emasligi va har bir mamlakat virusga qarşi öz imkoniyati va uslubi bilan kuraşayotganini köriş mumkin.

Hatto Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ham uşbu balo qarşisida ojiz qoldi. Sönggi yillarda xalqaro maydondagi muammolarga şunçaki munosabat bildiriş, bayonot beriş bilangina kifoyalanib kelayotgan BMT ham bu borada e'tirofga arzigulik biror işni qoyillata olmadi. Qolaversa, Covid-19’ning ölimçil soyasi ostida qolgan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi natijasida yuzaga kelgan kemtik kelgusida global siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatda jiddiy özgarişlar yuzaga kelişiga işora qilmoqda.

Bugungi kunda sayyorada Turkmaniston, Şimoliy Koreya, Lesoto va bir neça orol davlatni hisobga olmaganda, koronavirus tajovuziga duçor bölmagan davlat qolmadi. Albatta, uşbu jarayonda ba'zi davlatlar köproq, ba'zilari esa kamroq yöqotişga uçradi. Hukumatlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ham turliça böldi. Ayniqsa, Rossiya sönggi kunlarda virus şiddat bilan yoyilayotgan mamlakat sifatida dunyo afkor ommasi e'tibor markazida bölib turibdi.

Raqamlar ortişining qanday sabablari bor?

Agar Xitoy-Rossiya çegarasi 4 ming kilometrdan köproq masofani taşkil qilişini, qolaversa, virusning «vatan»i Xitoy ekanini hisobga olsak, Rossiyadagi bu holat, aslida, oldinroq röy berişi mumkin edi. Rossiya yanvar oyida Xitoy va Möğuliston bilan çegaralarini yopdi. Aytiş mumkinki, uşbu qadam Covid-19 bilan «uçraşuv»ni keyinga surdi. Şu bilan birgalikda, Rossiya boşqa davlatlar bilan çegaralarini 30 martga qadar oçiq qoldirdi. Bu esa aprel oyining ikkinçi yarmidan mamlakatda koronavirus keng miqyosda tarqalişiga sabab böldi. Xöş, kunlik holatlar soni 10 mingdan kam bölmayotgan Rossiyada raqamlar tobora yuqorilab borayotgani yana qanday omillar bilan boğliq?

Covid-19 grippning bir turi sifatida baholandi

Rossiyada dastlab uşbu kasallikka çalinganlar odatiy şamollaş yoki gripp, deb baholandi. Natijada kerakli çora-tadbirlar körilganiga qaramay, xalq Covid-19’ni jiddiy qabul qilmadi. Ya'ni xuddi Skandinaviya mamlakatlarida bölgani kabi koronavirus grippning bir turi sifatida qabul qilindi.