Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobadagi toshqinda yo‘qolgan va qarovsiz qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni egalariga qaytarildi
Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov 8 may kungi onlayn brifingda «Sardoba» tumanidagi texnogen ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, toshqin oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiya bo‘linmalaridan jami 2500dan ortiq shaxsiy tarkib va yuzga yaqin texnika jalb etilgan.
«Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan Mirzaobod tumanidagi «Navbahor» MFYdagi suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan fuqarolarga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar moddiy yordam sifatida tarqatildi.
Jumladan, 100 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari, 20 mingdan ortiq kiyim-kechak, 4 mingdan ortiq turli xo‘jalik buyumlari, 6 mingdan ortiq tibbiy va gigiyenik vositalar topshirildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan Mirzaobod tumanidagi «Navbahor» MFYdan turli xil buyumlar, Oqoltin tumanidagi «Ahillik» MFYdan televizorlar va bir dona «Damas» rusumli transport vositasi topilib, o‘z egalariga topshirildi.
Yo‘qolgan va qarovsiz qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvonlari o‘z egalariga qaytarish choralari ko‘rildi.
Milliy gvardiya ishchi guruhlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda xonadonlar tekshirilib, 1,5 mingdan ortiq dalolatnomalar tuzildi.
Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi Mudofaa vazirligining harbiy okruglariga biriktirilgan 4ta hududda tegishli vazirliklar, idoralar va Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda xizmat vazifalarini bajarib kelmoqdalar.
Mazkur hududlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan 15ta blokpostlar tashkil etilib, aholi yashash punktlarida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulki qo‘riqlanishini ta'minlash maqsadida 67tadan ortiq piyoda va 3tadan ortiq avtopatrul xizmatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarga tegishli ov qurollari va 20dan ortiq turli xil hujjatlar topilib, hududiy ichki ishlar bo‘limlariga topshirildi.
Shuningdek, pul va qimmatbaho buyumlar topilib, o‘z egalariga topshirish choralari ko‘rildi.
Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan 15ta mahallada 446ta xonadonga borilib, xonadon egalariga yuklari olib chiqilishida, uylari ta'mirlanishida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Hozirgi kungacha 50dan ortiq ko‘chalarda tozalash va chiqindilarni olib chiqish ishlari olib borilmoqda.
Oqoltin tumanidagi Uchtom, Mirzaobod tumanidagi Navbahor va Haqiqat aholi yashash punktlaridagi mavjud holat Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan havoda va joylarga borib o‘rganib chiqildi. Natijasi bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar, veterinariya va sanitariya-epidemiologik xizmatlarga ushbu hududlarda nobud bo‘lgan uy hayvonlarini olib chiqish va belgilangan tartibda ko‘mish ishlari tashkil etilmoqda», – dedi To‘lqin Qodirov.
Qayd etilishicha, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari Milliy gvardiya boshqarmalaridan 100 nafar xodimdan iborat zaxira guruhlari yetib kelib, Oqoltin tumanidagi Uchtom, Mirzaobod tumanidagi Navbahor va Haqiqat aholi yashash punktlarida vazifalarini bajarishga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryodagi toshqinda oqib ketgan uch nafar Milliy gvardiya xodimi haqida ma'lumot berilgan edi.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022