Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy işlar bölimi boşliği Tölqin Qodirov 8 may kungi brifingda bundan bir hafta muqaddam röy bergan «Sardoba» avariyasidan jabrlangan xodimlar haqida ma'lumot berdi.

Unga köra:

  • Sirdaryo viloyatida joylaşgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajariş otryadi guruh komandiri kapitan Ibragimov Sanjar Botiroviç,
  • maxsus vazifalarni bajaruvçi otryad guruh mutaxassisi oddiy askar Suyunov Hazrat Karamatoviç,
  • jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi 3-darajali serjant Suyarov Husniddin Zokiroviç aholini evakuatsiya qiliş tadbirlari jarayonida suv toşqinida oqib ketişgan.

«Qidiruv natijasiga köra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 km uzoqlikda soğ holda topilgan.

Serjant Suyarovning jasadi 3 may kuni soat sakkizlarda Oqoltin tumani Ahillik qişloği Kiçik Bobur mahallasidan topilgan.

serjant Suyarov Husniddin Zokiroviç

Ming afsuski, oddiy askar Suyunov Hazrat Karamatoviçni qidiriş işlari hali öz natijasini bergani yöq», – dedi Tölqin Qodirov.

Eslatib ötamiz, hodisa oqibatida 4 kişi vafot etib, bir kişi bedarak yöqolgani, 56 kişi kasalxonaga yotqizilgani ma'lum qilingan edi.

5 may kungi videoselektorda prezident Şavkat Mirziyoyev halok bölganlarning yaqinlari va oila a'zolariga çuqur hamdardlik bildirdi.

«Yigitlarimizning jasorati barça kasbdoşlari va yoşlar uçun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilişning namunasi bölib qoladi», – dedi davlat rahbari.