Jahon | 21:52 / 09.05.2020
10578
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 4 milliondan oshdi

Kasallikka chalinganlar va o‘limlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda qolmoqda (1,3 mln bemor va 78,8 ming o‘lim).  

Foto: Vyacheslav Prokofev / TASS

Worldometers portali ma'lumotiga ko‘ra, yer yuzida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 4 mln 57 ming 681 ta holat qayd etilgan. 277,9 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,4 mln kishi to‘liq sog‘aygan.

Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda qolmoqda (1,3 mln). Keyingi o‘rinlarda Ispaniya (262,7 ming), Italiya (218,2 ming), Buyuk Britaniya (215,2 ming) va Rossiya (198,6 ming) joylashgan.

O‘limlar soni bo‘yicha ham AQSh birinchi o‘rinda (78,8 ming). Keyingi o‘rinda Buyuk Britaniya (31,5 ming o‘lim) va Italiya (30,3 ming) turibdi.

O‘zbekistonda 9 may holatiga koronavirusga chalinganlar 2349 kishi bo‘lib, shundan 1803 kishi sog‘aygan va 10 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid