Unda tadbirkorlar Laziz Adhamov, Botir Arifjanov va Akmal Payziyev sohani rivojlantiriş böyiça öz fikrlari bilan örtoqlaşdilar.

 Dastur davomida tadbirkorlar Özbekistonda frilansing rivojlanişiga ta'sir qiladigan omillar haqidagi savolga javob berişdi.

 Akmal Payziyev:

- Birinçi örinda, elektr toki bölişi kerak. Mayli, quyoş panellarini qöyib, elektr tokini bir amallab hal qilsa bölar. Eng asosiysi, internet. Internet bölmasa, xuddi fermerlikni rivojlantiriş töğrisida gaplaşyapmizu, ammo suv yöqdek gap. Suv bölmasa, qanday qilib ekin ösadi? Uruğni olib keliş mumkin, yer bor, uni amallasa böladi, lekin suv bölmasa, ekin ösmaydi-da.

Frilans deganda Ğarb davlatlaridagi işlaşni misol tariqasida olaylik. Çunki rusiyzabon bozorda biz raqobat qila olmaymiz. Çunki u yerda Belarus, Ukraina va juda köp boşqa davlatlar bor. Bozor kiçkina. Asosiy katta bozor – Amerika va ingliz tilida sözlaşiladigan Yevropa bozorlari.

 Laziz Adhamov:

- Bizda frilansga tösqinlik qilayotgan yana bir muhim narsa bor. Bu - ta'lim. Afsus, 10-15 yil içida maktabni bitirayotgan bolalarning 90 foizini yöqotdik. Çunki ular mardikor qilib tayyorlangan. Frilans bölganidan keyin Amerika bilan işlaş uçun ingliz tilini biliş kerak. Axborot texnologiyalari, dizayn sohalarini olsak, odam öz ustida işlab, darslarini bajarişi kerak.Gap beş bahoda emas, öqiş jarayonini özgartiriş kerak. Ğarbda erkin fikrlaşni örgatişadi va bozorda öz ğoyalarini himoya qilib, yangilik yaratiş qadriyatlari bor. Bizda maktab, institutlardagi öqiş jarayonini olsak, ularda frilanser tayyorlanmaydi. Ular soat töqqizda kelib, oltida ketadigan, bajara olmasa ham “xöp xöjayin, bajaramiz” deydigan işçi tayyorlaşadi. Ta'lim madaniyatini maktablar, institutlarda özgartiriş kerak.

Botir Arifjanov: