IT sohasida bir qança muvaffaqiyatli loyihalar asosçisi Akmal Payziyevning Telegram nikidan foydalangan firibgarlar uning tanişidan 50 ming dollar ekvivalentida pul olişgan. Bu haqda tadbirkor özining Telegram-kanalida yozdi.

“Döstlar, 2 oy avval mening tanişlarimga mening nomimdan Telegram'da yordam sörab, tezda kripto yuborişlarini iltimos qilgan xabarlar kelişni boşladi. Men Telegram profilimni buzişgan deb öyladim. U yerda mening nikim (@akmalpaiziev) işlatilgan. Öşa paytda bir neça kişi menga qönğiroq qilib yozişdi, men bu men emasligimni aytdim va unutdim. Bugun ertalab Stenforddagi kursdoşim menga yozdi va nikni tekşirib, 50 ming dollar kriptoda yuborganini aytdi. Ma’lum bölişiça, soxta nikda “l” (l) harfi örniga firibgarlar katta harf bilan yozilgan “I” harfini işlatişgan.

Keyinçalik tuşundimki, mening barça kontaktlarim TexMe dasturi orqali sizib çiqqan, bu dastur orqali men barça internet xizmatlari uçun qönğiroqlar va tasdiqlaşlarni oliş uçun Amerika raqamiga ega böldim. Ehtiyot böling. Hozirda profillarni, rasmlarni, videolarni va ovozni soxtalaştiriş mumkin. Şaxsni ovoz bilan tasdiqlaş, şaxsiy savollar beriş yoki hujjatlaştirilmagan xotiralar haqida söraş yaxşiroq”, – deya yozgan tadbirkor.

Oxirgi paytlarda Telegram va boşqa messenjerlar orqali kimningdir şaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib, uning tanişlaridan pul öğirlaş nihoyatda ommaviylaşdi. Köplab holatlarda firibgarlar akkaunt egasini göyoki oğir ahvolda qolib, şoşilinç pulga muhtojdek qilib körsatişadi.

Bunda taniş inson bilan avvalgi şaxsiy yozişmalarga qaraş, firibgar pul ötkazişni söragan bank kartasi yoki hisobraqamning kimga tegişliligiga e’tiborli böliş, şuningdek, Akmal Payziyev yozganidek, suhbatdoşdan ovozli xabar yuborişini söraş, unga şaxsiy masalalarda turli savollar beriş talab etiladi.