Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumanidagi sel suvlarini yiğişga möljallangan Qizilsuv suv ombori (xalq tilida Nöğayli suv ombori) töliq oçib yuborildi. Ijtimoiy tarmoqlarda suvga qöşilib millionlab mayda baliqlar ham oqib çiqqani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Suv ombori boşliği Toşkent Siddiqov sözlariga köra, bunga tiklaş-ta’mirlaş işlari sabab bölgan.

«Suv ombori qurilişi 1980 yilda boşlanib, 1991 yilda eksplutatsiyaga topşirilgan. Suv ombori 9 million metr kub suv hajmiga ega, hozirgi paytda 5 million 800 metr kub foydali hajmi bor. Asosan Turnabuloq daryosidan töyinadi. Yiğilgan suv qişloq xöjalik ekinlarini suğoriş uçun Yakkaboğ gidrouzeli orqali tarqaladi. Suvni oçişimizga sabab qurilgandan buyon tiklaş-ta’mirlaş işlari bajarilmagan edi. Avariya eşigi, sanitar quvurlarida ta’mirlaş işlarini olib boriş kerak edi. Ya’ni ularni yangisiga almaştiriş zarur. Çunki ularning yillar ötib yemirilişi oqibatida suv siziş holatlari kuzatilayotgandi. Suvni töliq quritmasdan esa bu işlarni amalga oşirib bölmaydi. Şuning uçun xabarnoma asosida suvni çiqarganmiz. Qizilsuv suv omboridan çiqqan suv Yakkaboğ gidrouzeli orqali Çimqurğon suv omboriga taşlangan. Suv şunçaki oqizib yuborilgani yöq», dedi u.

Siddiqov sözlariga köra, ta’mirlaş işlari «suvning eng kam keladigan mahalda» ötkazilmoqda va 4 kun davom etadi.

«Tiklaş-ta’mirlaş işlarini uzoği bilan 4 kun içida tamomlaymiz va suv omboriga suv yiğişni qaytadan boşlaymiz. Agar vaqtida ta’mirlanmasa, kelgusida fojiali holatlarga olib kelişi mumkin», dedi u.

Qayd qilinişiça, oqizib yuborilgan suvdagi baliqlar masalasida mas’ul heç qanday izoh bermadi.