Ijtimoiy tarmoqlarda Iştixon tumanidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bölgani haqidagi videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Hokimlikka köra, suv omborida heç qanday nosozliklar yoki xavfli holat yuzaga kelmagan. Suv sathi me’yoriy darajada bölib, damba va unga tegişli infratuzilmalar barqaror holatda işlamoqda. Barça obektlar doimiy ravişda mutaxassislar tomonidan nazorat qilinyapti.

“Oqdaryo suv ombori strategik ahamiyatga ega inşoot sifatida qonunçilikka muvofiq ravişda texnik körikdan ötkazilib, uning xavfsizligi töliq ta’minlangan”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Tarmoqlarda tarqalgan videolavhani ikki fuqaro tasvirga olib, tarqatgani ma’lum böldi. Sud qarori bilan ularga ma’muriy jarima jazosi qöllandi.

Qarorda keltirilişiça, Iştixon tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan J.H. hamda Kattaqörğon tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan M.P. 2025 yil 10 yanvar kuni suv omborining janubiy-ğarbiy qismi qirğoğida joriy ta’mirlaş işlari olib borilayotganini özlarining telefonlariga tasvirga olişgan. Söngra uni “Mana Iştixon tumani suv omborida suv toşib ketişiga oz qoldi, suv omboram ketay dedi” deya tarqatişgan.

Har ikki şaxs sud qarori bilan MJtKning 202-2-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Ularning har biriga BHMning 20 baravari miqdorida (7,5 mln sömdan) jarima jazosi tayinlangan.