Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev: «Suvdan oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston tomoni bilan hal qilinadi»
Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston bilan hal qilinadi. Bu haqda Twitter’da Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
«Turkiston viloyatining Maxtaral tumanida suv toshqinidan jabr ko‘rganlar yangi yoki ta'mirlangan uy-joy bilan to‘liq ta'minlanadilar. Ularning har biri respublika budjetidan 100 ming tenge oladi. Vaziyat nazorat ostida», - deb yozgan To‘qayev.
Shuningdek, u suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston tomoni bilan yaqin hamkorlikda hal etilishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot chog‘ida chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida e'tibor qaratildi.
Jabr ko‘rgan tumanlarda aholiga manzilli yordam ko‘rsatish va infratuzilmani tiklash bo‘yicha navbatdagi qadamlar kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026