Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev va To‘qayev Sardobadagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, mamlakatlarimiz faxriylari va birodar xalqlariga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar.
Chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida e'tibor qaratildi.
Jabr ko‘rgan tumanlarda aholiga manzilli yordam ko‘rsatish va infratuzilmani tiklash bo‘yicha navbatdagi qadamlar kelishib olindi.
Prezidentlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni ham ko‘rib chiqdilar. Pandemiyaga qarshi kurash, aholi va biznes uchun cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish borasida mamlakatlarda ko‘rilayotgan choralar qo‘llab-quvvatlandi.
Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni tez fursatlarda amalga oshirish, jumladan, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati, transport va logistika, boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari xalqaro ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Suhbat yakunida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan keng ko‘lamli O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirishga intilish qat'iy ekani ta'kidlandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025