Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2500ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 11 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2482 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
21 apreldan beri yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘layotgandi.
10 may kuni bu tendensiya buzilib, jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzaldi.
Bugun esa hozircha 64ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 101 kishi tuzaldi.
Ayni vaqtgacha jami 1982 kishi tuzalgan, 490 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025