Qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasi prezidentining körsatmalari asosida prokuratura organlarini korrupsiyadan holi, çinakam xalq prokuraturasiga aylantiriş, faoliyat samaradorligini tubdan oşiriş borasida qator çoralar körilgan. Avvalo, halol, sadoqatli va professional xodimlar korpusini şakllantirişga doir kompleks çora-tadbirlarni amalga tatbiq etiş boşlangan.

Qonunlar ijrosi ustidan nazoratni ta'minlaş barobarida fuqarolarga manzilli yordam körsatiş, ularni qiynab kelayotgan muammolarni amalda bartaraf etişga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Bundan taşqari, tadbirkorlikni rivojlantiriş, eksportni kengaytiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş kabi hayotiy muhim masalalarga ustuvor ahamiyat berilib, 15 mingdan ortiq tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanişi va muammolari bartaraf etilişi ta'minlangan.

Prokuratura organlarining faoliyati tahlili şuni körsatmoqdaki, 2019 yilda ta'lim sohasida tekşirilgan vazirlik va idoralarning 93 foizida 16,7 mlrd. sömlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlanib, bu körsatkiç 2018 yilga nisbatan 2,5 baravarga oşgan.

Şu bilan birga, qonunlar ijrosiga bevosita mas'ul idoralar tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning tölaqonli bajarilmasligi joylarda köplab muammolarning yuzaga kelişiga sabab bölganligi aniqlangan. Masalan, fuqarolarning uylari buzilişi munosabati bilan tegişli kompensatsiya pullarining öz vaqtida va töliq berilmasligi, daraxtlarning noqonuniy kesilişi aholining haqli e'tirozlariga sabab bölgan. Bu borada prokuror tekşirişlari va dastlabki tergov davomida jami 2,3 trln. söm zararlar undirilişiga erişilgan.

Biroq iqtisodiy jinoyatlar böyiça tergov jarayonida jinoyatni foş etiş bilan birga, yetkazilgan zararni undiriş, ya'ni öğirlangan moddiy boyliklarni topib, qonuniy egasiga qaytarişda kamçiliklar mavjud. Şu bois, senatorlar tomonidan “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan tadbirlarning bajarilişi, ayniqsa, quriliş işlarining sifati va talablarga javob berişi böyiça doimiy nazorat örnatiş zarurligi körsatildi.

Quriliş sohasida korrupsiyaga oid alomatlar oqibatida röy berayotgan talafotlar, ularning sabablari va şart-şaroitlarni bartaraf etiş masalalari keng muhokama qilindi. Prokuratura organlari bu masalalarda öz nazoratini yanada kuçaytirişi, ularga qonunlar bilan berilgan vakolatlardan keng foydalanişi zarurligi ta'kidlandi.

Şuningdek, majlisda prokuratura organlari mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlaş va qonuniylikni mustahkamlaş borasidagi faoliyat samaradorligini yanada oşirişi lozimligi körsatilib, tegişli vazifalar böyiça körsatmalar berildi.