Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
U Markaziy Osiyo mamlakatlarida xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va barqaror rivojlanish masalalarini ilgari surishga bag‘ishlangan mintaqaviy sa’y-harakatlarni e’tirof etadi.
Foto: Oliy Majlis Senati
2025 yil 12 noyabrda Toshkentda «Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ta’minlashda global hamda mintaqaviy yondashuvlar» mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini yakunladi.
Muloqot majlisida Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari hamda rasmiy delegatsiyalari vakillari, yoshlar parlamentlari va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qatnashdi.

Sessiyalar doirasida xotin-qizlarning siyosiy ishtiroki, iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik, ta’lim va reproduktiv salomatlik sohalaridagi imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Jumladan, qaror qabul qilish jarayonida xotin-qizlarning ulushi, gender kvotasi va tenglikni ta’minlash mexanizmlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, moliyaviy resurslardan erkin foydalanish, raqamli va STEM-ta’lim, reproduktiv salomatlik va sifatli tibbiy xizmatlardan erkin foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot majlisi yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. U Markaziy Osiyo mamlakatlarida xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va barqaror rivojlanish masalalarini ilgari surishga bag‘ishlangan mintaqaviy sa’y-harakatlarni e’tirof etadi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbusi — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga yo‘llangan Murojaatnoma taqdim etildi.

Ishtirokchilar ayollar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va innovatsiya imkoniyatlarini kengaytirish, reproduktiv salomatlik hamda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish sohalarida ustuvor vazifalarni o‘z ichiga olgan mintaqaviy “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026