Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi 14 noyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining 59-yalpi majlisida ishtirok etdi.
Yalpi majlisda mintaqaviy parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, majlis davomida parlamentlararo tajriba almashinuvi, model qonunlar va tavsiyalar ishlab chiqish, yoshlar siyosati, huquqni himoya qilish, migratsiya, hududiy xavfsizlik, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tanzila Norboyeva o‘z nutqida Yoshlar parlamenti, odam savdosiga qarshi kurash va jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, hududiy xavfsizlikni mustahkamlash va tarixiy xotirani saqlash, yosh avlodda milliy va umumbashariy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan insonparvarlik loyihalari, jumladan “Bolalar Hamdo‘stligi” va “Xotira poyezdi” tashabbuslari o‘rtaga tashlandi.
MDH mamlakatlari delegatsiyalari O‘zbekistonning faol hamkorligi, tashabbuskorligi, mintaqaviy loyihalardagi mas’uliyatli pozitsiyasini alohida ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonning insonparvarlik tashabbuslari, yoshlar va tarixiy xotirani saqlash yo‘nalishidagi loyihalari yuqori baholandi.
Majlisda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy barqarorlikni kuchaytirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarga asos soluvchi qarorlar qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, MDH doirasidagi parlament diplomatiyasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Mavzuga oid
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026