Keksayişni özimiz istamasak-da, ayrim vaqtlarda u tez sur'atlarda yuz beradi. Bu köpinça böğimlarimiz holatiga ham boğliq. Çunki harakatlari çeklangan yoki oğriqli bölgan kişi özini navqiron sanay olmaydi.

Şuning uçun böğimlarimizning navqiron holatini saqlaş muhim. Bejizga Şarq tibbiyotida odamning böğimlari qançalik yoş bölsa, uning özi ham yoş va soğlom hisoblanadi, deya aytilmagan.

Osteoartroz va osteoxondroz bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi.Oğir bosim va notöğri ovqatlanişni bunga asosiy sabab sifatida keltiriş mumkin. Böğimlarimizga nisbatan e'tiborsizligimiz ham ana şu kasalliklar rivojlanişiga olib keladi. Çunki toki böğimlarda kuçli oğriq paydo bölmaguniça ularga e'tibor bermaymiz va “şafqatsizlarça” foydalanişda davom etamiz. Afsuski, böğim kasalliklari rivojlanganidan keyin jarayonni ortga qaytarib bölmaydi. Bu kasalliklar uzoq va oğir davolanişi bilan hayotimizni murakkablaştiribgina qolmay, harakatlaniş imkoniyatlarini çeklab, odamni nogiron kişiga aylantirişi ham mumkin.

Osteoartroz va osteoxondroz qanday kasallik?

Osteoartroz muayyan böğimlarga zarar yetkazsa, ostexondroz – umurtqa poğonasi böğimlari bilan boğliq kasallikdir. Ularning paydo bölişi darhol sezilmaydi. Böğimlardagi oğriqlar odatda jismoniy bosimdan keyin paydo böladi va tinç holatda yoki tungi dam oliş vaqtida ötib ketadi.Kasallik yillar davomida rivojlanişi va odamga sezilmasligi mumkin. Bu esa uning xavfli jihatlaridandir.

Çunki hatto böğim deformatsiyasi, masalan, oyoqdagi boş barmoq böğimining kattalaşişi yuz berganda ham şifokorga borişga şoşilmaymiz. Sababi – bu holat hayot tarzimizga u qadar ta'sir qilmaydi. Biroq soğliqqa befarq böliş zudlik bilan davolanişni talab etuvçi oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Bundan taşqari, böğim “yakka holda” oğrimaydi, asta-sekin ortiqça bosimni öziga olgan boşqa böğimlarda ham oğriq paydo böladi.

Osteoartroz va osteoxondroz dunyoning barça burçaklarida uçraydi. Yoşi kattalar, doimiy ravişda “ötiriş” va “turiş” holatida işlaydigan, şuningdek jismoniy mehnat bilan band bölgan işçilar xavf guruhidadirlar. Yoş ötişi bilan mazkur kasallikka çaliniş holatlari köproq uçraydi. Biroq böğim kasalliklari asta-sekin yoşarmoqda. Çunki bugungi kunda ofisda “ötiriş” bilan boğliq kasblar va mutaxassisliklar paydo bölyapti, informatsion texnologiyalarning şiddat bilan rivojlanişi esa kompyuterdan turmagan holda köplab hayotiy va professional masalalarni hal etiş imkonini beryapti. Böğim kasalliklari odatda jarohat va şikastlanişlar natijasida ham rivojlanadi, afsuski, heç kim ulardan suğurtalanmagan. Böğim kasalliklariga sabab bölayotgan yana bir holat- ortiqça vazndan aziyat çekuvçi insonlar ortib borayotganidir. Bunday odamlarning böğimlari esa doimiy ravişda ortiqça bosimni his qiladi. Bu kabi holatlarning barçasi osteoxondroz va osteoartroz bilan nafaqat keksa kişilar, balki 20 yoşlilar ham kasallanişiga olib kelyapti.