
Odatda aksar maslahatlar kamroq ötiriş va köproq harakatlaniş atrofida aylanadi. Biroq aslida biz qanday va nimada ötirib işlaşimiz unçalik ham muhim emas.
Kompyuter yonida davomli ötiriş tufayli kelib çiqadigan asosiy muammolardan biri — bu gipodinamiya emas, balki egilib ötirişdir.
Nima uçun biz egilamiz?
Ma'lum bölişiça, gorizontal ötirğiçli har qanday stul tananing fiziologik holatini egallaşga xalaqit beradi. Stulning gorizontal ustidagi son uzunligi sababli tosda aylaniş lahzasi paydo böladi. Tos orqaga uringani sababli umurtqa aylana şakliga kela boşlaydi va biz egilamiz. Bu qonunan töğri bölib, bunda biz emas, aksinça stullar aybdor.

Umurtqaning egilişi oqibatida umurtqa oraliğidagi disklarga tuşuvçi yuklama 10–11 martaga ortadi. Oqibatda osteoxondroz, protruziya va bel çurrasi paydo böladi.
Fiziologik ötiriş
1970 yillarda Yevropalik şifokorlar nima uçun bolalar stulda ötirganda old va orqa tomon qimirlab ötirişini tekşirib körişgan. Ma'lum bölişiça, ötirganda ularning tosi va umurtqasi tabiiy holatni egallaydi. Öşanda orqagi tisariluvçi suyançiqli stullar işlab çiqariş yölga qöyildi. Ötiruvçi undan sirpanib ketmasligi uçun konstruksiyasi tizzada tayaniş moslamasi bilan töldirildi. U kneeling chair – tizza stuli deb ataldi. Bunday stullarni yana ortopedik ham deyişadi. Ular ötirib işlaş tufayli belida oğriq paydo bölganlar uçun tengsizdir.

Fiziologik stullarning ikkinçi turi bu saddle chair – egar stuldir. Unda ötirgan kişi özini otda ötirgandek his qiladi. Bu holatda inson tik turganga yaqin böladi. Biroq kun böyiça tik turib işlaşdan köra, egar stuldi işlaş ança qulaydir.
Har qanday fiziologik stulning farqi şundaki u tana va son oraliğida berk burçakni hosil qiladi.
















