Keyingi paytlarda oyoq va bel oğriğidan aziyat çekayotgan insonlar haqida köp eşitmoqdamiz. Tekşiruv natijasida esa ularning aksariyatida umurtqalararo disk çurrasi aniqlanmoqda. Xöş, bu qanday kasallik? Uning kelib çiqişiga qaysi omillar sabab böladi? Uşbu xastalikni butunlay davolaş mumkinmi?
SSV matbuot xizmati şu va boşqa savollar bilan Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetovga murojaat qildi.

— Umurtqalararo disk çurrasi bugungi kunda dunyo böylab eng keng tarqalgan kasalliklardan biri sanaladi, — deydi M.Irismetov. — Uşbu xastalik umurtqalar orasidagi disk butunligining travmalar yoki osteoxondroz natijasida buzilişi, undagi pulpoz yadroning fibroz halqani yorib taşqariga çiqişi orqali paydo böladi. U asosan beldagi kuçli oğriqlar va ularning oyoqlarga uzatilişi bilan xarakterlanadi.
Avvallari mazkur kasallik asosan yoşi katta insonlarda uçragan bölsa, bugunga kelib, umurtqalararo disk çurrasi hatto 20 yoşli yigit-qizlarda ham kuzatilyapti.
— Kasallikka qanday omillar sabab böladi?
— Umurtqalararo disk çurrasining kelib çiqişiga olib keladigan alohida sababni ajratib körsatiş notöğri. Boisi, köp hollarda bu xastalik umurtqa poğonasining degenerativ-distrofik kasalliklari fonida şakllanib, osteoxondroz rivojlanişining ma’lum bosqiçi hisoblanadi.
Bundan taşqari, kasallik umurtqa şikastlanişidan keyin ham paydo bölişi mumkin. Şu bilan birga, uning rivojlanişiga turtki böladigan yana bir qança xavf omillari mavjud.
Ular:
- muşak-skelet tizimining birgalikdagi kasalliklari;
- yoşga doir özgarişlar;
- umurtqa poğonasining egriligi;
- metobolik kasalliklar;
- turli travmalar;
- oğir jismoniy mehnat;
- qabziyat;
- ortiqça vazn;
- ayollarda tuğuruq vaqtidagi zöriqişlar;
- nosoğlom turmuş tarzi va boşqalar.

















