Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chalarda bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi tasdiqlanadi
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi tasdiqlanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotiga hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etilishi uchun mas'ul hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotida telefon apparatlari mavjud bo‘lgan joylarda, shuningdek barcha xodimlar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylardagi e'lonlar taxtasiga yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma'lumotlar osib qo‘yiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining guruh tarbiyachisida tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, shuningdek ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari yoki boshqa aloqa vositalari haqidagi ma'lumotlar bo‘lishi zarur.
Tarbiyalanuvchi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lgan vaqtda sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim.
Tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga kuzatilgan holat va ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam haqida to‘liq ma'lumot beriladi.
Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lgan vaqtda ularni yolg‘iz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha ta'lim tashkiloti hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqish ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti hududidan tashqarida sayr yoki ekskursiyalar rejalashtirilganda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar xabardor qilinishi shart.
Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta'lim tashkiloti hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqilganda guruh kamida 2 nafar xodim bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib boradi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotiga olib kelishda tarbiyalanuvchini ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakili) uni shaxsan guruh tarbiyachisiga topshirishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotidan olib ketishda guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchini uning ota-onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bobosi, buvisi, yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakiliga) topshirishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta'minlash hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratilishini nazorat qilish maqsadida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir qavatida hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda tarbiyalanuvchilarni evakuatsiya qilish rejasi joylashtiriladi.
Tungi guruhi bo‘lgan maktabgacha ta'lim tashkilotining navbatchisi yoki tungi tarbiyachisi har kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yong‘in xavfsizligi idoralariga maktabgacha ta'lim tashkilotida mavjud bolalar va xodimlar soni haqida ma'lumot beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida:
maktabgacha ta'lim tashkiloti hududiga kirish eshigiga qo‘ng‘iroq o‘rnatilishi;
guruhda mavjud bo‘lgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga mo‘ljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qo‘yilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti hududida, shuningdek guruhlarda inson uchun xavfli bo‘lgan o‘simlik va buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
12:58 / 13.03.2026
Maktabgacha ta’limda ishlovchi pedagoglar uchun dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
10:11 / 06.02.2026