Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi - Prezident
Mamlakatda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident pandemiya sharoitida avvalgi berilgan imtiyozlarga qo‘shimcha ravishda tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ta'kidladi.
Birinchidan, kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi may-iyul oylarida 12 foizdan 1 foizga tushiriladi. Buning natijasida 260 mingdan ziyod korxona va fermer xo‘jaliklari jami 650 milliard so‘m mablag‘larni tejagan holda, ularni sarmoya va aylanma mablag‘ sifatida ishlatish imkoniga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, kichik biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar kelgusi uch oy davomida yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Buning hisobiga 50 mingdan ortiq tadbirkor 300 milliard so‘mni tejaydi va ularning aylanma mablag‘i ko‘payadi.
Shuningdek, avvalgi qarorga asosan, aprel-may oylarida 1 mingdan ziyod tadbirkorning yer va mol-mulk soliqlari va penyalari bo‘yicha kechiktirilgan 80 milliard so‘m to‘lovlari kechib yuboriladi.
Uchinchidan, tadbirkorlarga bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi. Bu ularga jami 540 milliard so‘mni tejash hamda ushbu mablag‘larni o‘z biznesini rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini beradi.

To‘rtinchidan, ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qo‘shimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga ko‘paytirilib, budjetdan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.
Beshinchidan, ilgari stavkasi 22 foizgacha bo‘lgan investitsiya kreditlari bo‘yicha foizlar qisman davlat tomonidan qoplab berilgan bo‘lsa, endi stavkasi 26 foizgacha bo‘lgan kreditlarning foizlari ham qisman qoplab beriladi.
Shuningdek, tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 500 milliard so‘mgacha (ilgari 10 milliard so‘mgacha) berilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya miqdori 5 foizdan 10 foizga oshiriladi.
Oltinchidan, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy qilingan aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta'mirlash uchun kredit berish tajribasi Toshkent shahrida ham tatbiq etiladi. Shu orqali poytaxtda qariyb 10 mingta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Yettinchidan, mahalliy korxonalarning mahsulotiga nisbatan ichki talabni oshirish va shu orqali ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tashkilotlariga III-IV chorakdagi xaridlarini II chorakda amalga oshirish huquqi beriladi.
Umuman, iqtisodiyotni va fuqarolarni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025