Jahon | 07:42 / 14.05.2020
2463
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada favqulodda vaziyat favqulodda epidemik vaziyat bilan almashtirildi 

Bolgariya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli favqulodda epidemik vaziyat rejimini e'lon qildi. Ushbu rejim 14 maydan 14 iyungacha amal qiladi. 

Foto: Delfi.lv.

Hukumat bu qarorni 13 may kuni videoformat shaklida o‘tkazgan majlisida qabul qilgan. 

Favqulodda epidemik vaziyat favqulodda vaziyat o‘rniga joriy qilinmoqda. U avtomatik ravishda bekor qilinadi.

“Bosh davlat sanitar shifokori bilan Bolgariyada mavjud epidemik xavf baholangach, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf borligi qayd etildi. Buning asosida Bolgariya sog‘liqni saqlash vazirligi hukumatga favqulodda epidemik vaziyat e'lon qilishni taklif qildi”, deyilgan hukumat matbuot xizmati xabarida.

Shu bilan birga, sog‘liq haqidagi qonun e'lon qilinib, u hukumatga epidemik cheklovlar kiritish imkonini beradi. “Biz mamlakatda epidemik vaziyat sezilarli o‘zgarmagani sababli bu qonundan foydalandik. Hukumat koronavirus pandemiyasi fuqarolar sog‘lig‘iga real xavf solayotgani haqidagi qarorga keldi va favqulodda epidemik vaziyat kiritishga rozi bo‘ldi”, deb aytgan Bolgariya sog‘liqni saqlash vaziri Kiril Ananiyev.

Vazirning ta'kidlashicha, ayni vaqtda fuqarolar uchun qo‘shimcha cheklovlar kiritish rejalashtirilmagan. Bundan tashqari, 5 iyundan futbol bo‘yicha mamlakat chempionatini tiklash rejalashtirilgan. Bolgariyaga xorijdan kelayotgan barcha uchun 14 kunlik karantin rejimi saqlanib qoladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid