Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi
Davlat soliq qo‘mitasiga rahbar bo‘lgan Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi.
Prezidentning 2020 yil 13 maydagi farmoni bilan Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Sherzod Kudbiyevga «Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi» maxsus unvoni berildi.
Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Behzod Musayev esa bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi
15:45 / 18.07.2024
“Bu suv noqonuniy sotib olingan” – Sherzod Qudbiyev tadbirkorlar bilan muloqotda suvning markirovka kodini tekshirdi
17:09 / 06.07.2024
«E-aktiv'dan voz kechdik» - Sherzod Qudbiyev
16:20 / 08.02.2024