Kun.uz muxbirlari hodisa sabablari bilan qiziqib, uning hamkasblari, oila a'zolari, şifokor, tuman maktabgaça ta'lim bölimi mudirasi hamda tuman prokuraturasi vakilidan izoh oldi.

Hamkasblari nima deydi?

Gulçehraxon Xöjaqulova 30 yildan beri işlab kelayotgan 11-MTM tumanning Xöjaobod qişloğida joylaşgan. Muassasa xodimalaridan biri öz rahbari quriliş işlari tufayli soğligini yöqotgani haqida gapirdi.

 «Boğçamiz binosi 2019 yili rekonstruksiyaga tuşib, aprel oyidan quriliş işlari boşlangan edi. Orada ozgina uziliş böldi va yana davom etdi. Mening fikrimça, mudiramiz şu quriliş tufayli soğligini yöqotdi.

Noyabr oyida boğçamizda quriliş işlari tugab, foydalanişga topşirilişi kerak edi. Lekin qilingan işlar mudiramizning könglidagidek bölmadi. Unga binoning taşqi körinişi va içidagi kamçiliklar yoqmadi. Ayniqsa, öyin maydoni va basseynning çiqib-tuşiş zinapoyasi qilinmagan edi. Ikkinçi qavatda kanalizatsiya tizimi işlamadi. Xonalardagi pollar talabga javob bermas edi. Opa noyabr oyigaça juda yaxşi yurgan edi. Öşandan keyin soğligini yöqota boşladi.

Menga şu quriliş işlari böyiça gap eşitayotganini aytib, yiğlagan ham edi. Özi boğçamiz 1973 yilda qurilgan. Eskirib ketgandi», deydi MTM hamşirasi Nazira Ğafforova.

Ma'lum bölişiça, G.Xöjaqulova quriliş işlaridagi kamçiliklar tufayli quruvçilar boşliği bilan tortişgan ekan.

«26 noyabr kuni huşidan ketib qolibdi, deb eşitdik. Keyingi kuni işga çiqmadi. Yanvar oyida boğçamizning oçiliş marosimi bölib ötdi. Lekin kamçiliklar bor edi. Mudiramiz «kamçiliklarni töğrilab berasizlar, keyin imzo çekaman», degan edi. Kasal bölgan kunlarida imzo çektirişdi.

 Eng asosiy kamçiliklardan biri bu işlatiş uçun suv ta'minoti çatoq. Tasavvur qiling, boğçaning suv tizimi qişloqnikiga ulangan. Ertalab bir soat suv beriladi. Öşa paytda biz idişlarni, «baklajka»larni suvga töldirib olamiz. Lekin suv bizga kun davomida kerak-ku? Bolalar plastilin bilan işlaydi, köçada öynaydi. Çiroyli sanuzellar qilingani bilan suv bölmasa nima foydasi bor?