Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tennis bo‘yicha barcha musobaqalar iyul oxirigacha bekor qilindi
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) koronavirus pandemiyasi sababli 31 iyulgacha barcha musobaqalar o‘tkazilishini bekor qildi.
Foto: Pixabay
Bu haqda federatsiya saytida ma'lum qilingan.
Xuddi shunday qarorni Professional tennischilar assotsiatsiyasi ((ATP) va Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) ham qabul qilgan.
Shu tariqa, erkaklar o‘rtasida Gamburg, Nyuport, Bostad, Los-Kabos, Gshtad, Umaga, Atlanta va Kitsbyueldagi hamda ayollar o‘rtasida Buxarest, Lozanna, Palermo, Yurmala, Nyu-Xeyven va Karlsruedagi musobaqalar o‘z muddatida o‘tmaydi.
“Biz birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq musobaqalarni boshlash uchun barcha variantlarni o‘rganmoqdamiz. Shuningdek, turnirlarning kechroq muddatga ko‘chirilishi imkonini ko‘rib chiqmoqdamiz”, deb aytgan ATP rahbari Andrea Gaudensi.
Avvalroq 13 iyulgacha barcha tennis musobaqalari bekor qilingandi. Bu chora eng nufuzli musobaqalardan biri – Uimbldonni ham o‘z ichiga olgan. “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi yana bir turnir – “Rolan Garros” bahordan kuzga ko‘chirilgandi. Shuningdek, AQSh ochiq chempionatini Nyu-Yorkdan Kaliforniyaning Indian-Uells shahriga ko‘chirish imkoniyati ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
01:22
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
11:48 / 15.12.2025
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
19:00 / 08.12.2025
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
18:18 / 21.10.2025