Jahon | 00:29 / 15.05.2020
2832
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ pandemiya va Olimpiada ko‘chirilishi oqibatlarini yengish uchun 800 mln dollar ajratadi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi va Tokiodagi Olimpiadaning 2021 yilga ko‘chirilishi oqibatlarini yengish uchun 800 mln dollar ajratadi.

Foto: EPA-EFE/MIREIA SEGARRA

Bu haqda XOQ prezidenti Tomas Bax tashkilot ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoanjumanda ma'lum qildi.

Avvalroq Tokio Olimpiadasi pandemiya sababli 2020 yil yozidan 2021 yil yoziga ko‘chirilgandi.

“Biz bugun pandemiya Olimpiya harakati moliyaviy holatiga ta'sir qilgani masalasini muhokama qildik. Hozir barcha oqibatlarni hisobga olish oson emas, yuzaga kelgan vaziyatda biror nimani rejalashtirish qiyin, chunki dunyo ertaga qanaqa bo‘lishini hech kim bilmaydi. Biroq XOQ ijroiya qo‘mitasi 800 mln dollarni tashkil qiluvchi ko‘mak paketini tasdiqladi. Bu mablag‘lar koronavirus oqibatlarini yengish uchun yo‘naltiriladi”, deb aytgan Bax.

Uning ta'kidlashicha, ushbu summadan 150 mln dollari xalqaro federatsiyalar va Milliy Olimpiya qo‘mitalarini pandemiya vaqtida qo‘llab-quvvatlash uchun kreditga beriladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid