Garçi insoniyat tarixi jang-u jadallar tarixidan iborat bölsa-da, uruş va Afğoniston sözlari teng va egiz tuşunçaday yangraydi göyo. Aslida, uzoq yillar davom etgan besamar uruşning ayanç asorati bu. 29 fevral kuni AQŞ va «Tolibon» örtasida imzolangan şartnoma qiliç bilan qazilgan bu tuproqlarda ham gul unişiga umid bergandi. Xöş, bu umid qançalar yaşovçan? Afğonistonda çindan ham tinçlik örnatildimi? Voqealar rivoji qanday davom etadi? Quyidagi maqolada Afğoniston bilan boğliq şu va boşqa masalalar yuzasidan atrofliça fikr yuritiladi.

Bitim najot retseptimi?

2001 yilda Afğonistonga kirib, ötgan yillar mobaynida közlagan maqsadlariga erişa olmagaç, özining xalqaro obrösiga putur yetkazmaslik uçun AQŞ 2020 yilning 29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha şahrida toliblar bilan najot retsepti sifatida körilgan bitimni imzoladi.

AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Halilzod va «Tolibon»ning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla Ğani Barodar

Şartnomani AQŞ nomidan AQŞ prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod va «Tolibon» nomidan Dohadagi siyosiy idora rahbari mulla Abdulğani Birodar imzoladi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom Hamkorlik Taşkiloti, Yevropa Ittifoqi va qöşni davlatlar tomonidan imzolangan AQŞ-Tolibon kelişuvi Afğonistonda hali uzil-kesil tinçlik örnatildi, degani emas. «AQŞ-Tolibon kelişuvi va AQŞ-Afğoniston qöşma deklaratsiyasi bizga tarixiy imkoniyat yaratmoqda. Hukumatni birlaştiriş va Afğonistonga ustuvorlik beriş mamlakat kelajagi va ayniqsa, tinçlik uçun nihoyatda muhimdir», degan fikrlar ifodalangan mazkur bayonot AQŞning Afğonistonni öz holiga qöyganini anglatadi.

«Tolibon» va'dasida turdimi?

Bitimdan söng 24 soatdan köp vaqt ötmay, Tolibonning afğon xavfsizlik kuçlariga qarşi 43ta hujumni amalga oşirgani haqidagi iddao va keyinçalik AQŞ qöşinlarining Afğonistondagi vakili polkovnik Sonni Leggettning hukumat kuçlarini himoya qiliş maqsadida «Tolibon»ga qarşi havo hujumini uyuştirgani haqidagi oçiqlama tinçlik bitimining mazmun-mohiyati va tomonlarning niyatlarini söroq ostiga qöydi va jamoatçilikda çuqur taşviş uyğotdi. Afğoniston hukumati va «Tolibon» örtasida muzokaralarga yöl oçiş maqsad qilingani va muzokaralar yaqin orada boşlanişini aytgan AQŞ Mudofaa vaziri Mark Esper esa «Tolibon» AQŞ kuçlariga hujum qilmaslik haqidagi öz sözida turgani, ammo afğon kuçlariga qarşi zöravonlikni kamaytiriş böyiça bergan va'dasini bajarmaganini bildirdi.