AQŞ va «Tolibon» örtasida fevral oyi oxiridagi muzokaralar va 29 fevral kuni tuzilgan tinçlik bitimi Afğonistonda tinçlikni ta'minlay olmadi. Mintaqada mart oyida ham «Tolibon» va hukumat kuçlari örtasida töqnaşuvlar davom etdi. Bu esa tinç aholi örtasida qurbonlar berilişini ham davom ettirdi. Ayni vaqtda mamlakatda vaziyat sönggi yillardagi eng oğir holatga kelgan.
Prezident Aşraf Ğani 12 may kuni telemurojaatida «Tolibon»ning töxtovsiz hujumlariga javoban harbiylarga uşbu taşkilot pozitsiyalariga hujum boşlaş töğrisida buyruq berdi. Qayd etilişiça, kuraşning «faol mudofaa» şaklidan «hujum» şakliga ötiladi.

Ğanining aytişiça, «Tolibon» Afğoniston hukumatining öt oçişni töxtatiş va zöravonlik kölamini qisqartiriş böyiça çaqiriqlarini e'tiborsiz qoldirmoqda. Prezidentning sözlariga köra, uruşni töxtatiş böyiça çaqiriqlar «kuçsizlikni anglatmaydi, balki tinçlikparvarlikni ifodalaydi». U harakat tarafdorlarini yana bir marta hukumatning mamlakatda tinçlikni tiklaş böyiça taklifiga rozi bölişga çaqirgan.
Kobulda bu hafta davomli teraktlar bilan boşlandi. 11 may kuni Taia Maskan tumanida bir neça portlaşlar sodir etildi. Xavfsizlik kuçlari ma'lum qilişiça, hujum nişoni Milliy xavfsizlik böyiça direksiya va hukumat avtomobillari bölgan. Qurbonlar haqida ma'lumot berilmadi.
12 may kuni Kobuldagi tuğruqxonaga hujum uyuştirildi. Avvaliga terorçilardan biri tibbiyot muassasasiga kirişda özini portlatgan, qolganlari içkariga bostirib kirib, odamlarni öqqa tutgan. Kobulning ğarbiy qismida joylaşgan binoda kamida 24 kişi, jumladan, öndan oşiq ayollar va ikki nafar çaqaloq halok bölgani aytilmoqda, yana 15 kişi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Içki işlar vazirligi xabariga köra, xudkuş terrorçilar harbiy kiyimda bölgan va ularning hammasi yöq qilingan. Tibbiyot muassasasiga hujumga bu yerda «Çegarasiz şifokorlar» insonparvarlik taşkilotining «xorijlik xodimlari» borligi sabab bölgan bölişi mumkin.
Toliblar bu teraktlar uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi, prezident Aşraf Ğani va birinçi vitse-prezident Amrillo Solih uşbu hujum ortida «Tolibon» harakati va ularning ittifoqçilari turganini qayd etgan.











